iFixit testida yana bir yangi flagmani Samsung’ning yuzini yerga qaratdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1008
  •  12.03.2020 11:59

iFixit testida yana bir yangi flagmani Samsung’ning yuzini yerga qaratdi (+video)

Turli qurilmalarning ta’mirga yaroqlilik darajasini aniqlash uchun ularning ichini ochib ko‘rsatuvchi iFixit servisini bilasiz. Yaqinda uning mutaxassislari Samsung kompaniyasining Galaxy S20 Ultra flagmanini tekshirishgani videosini e’lon qilgandik.

O‘QING: iFixit reytingi: 2019 yilning eng ta’mirga yaroqli va yaroqsiz gadjetlari (+video)

iFixit ekspertlari endi janubiy koreyalik texnogigantning Samsung Galaxy S20+ flagmanini ham «ichak-chovog‘ini ag‘darib» tekshirib ko‘rishdi. Bir so‘z bilan aytganda, bu smartfonning yaxshi jihatlari yomonlaridan kamroq ekan.

Mana – Galaxy S20 Plus’ning ichini ochib, ta’mirga yaroqlilik darajasi tekshirilgan videoni tomosha qilamiz:

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, Galaxy S20+ salbiy xususiyatlaridan biri – uni terishda yelimdan juda ko‘p foydalanilganligidir. Akkumulyator orqa panelga yelimlab mustahkam yopishtirilgan, shu boisdan uni almashtirish hatto ustalarga ham qiyinchilik tug‘diradi. Shuningdek, displey ham korpusga kleylangan – ta’mirlash jarayonida unga shikast yetkazmaslik – mushkul masala.

Xullasi kalom, iFixit mutaxassislari Galaxy S20+ flagmanining ta’mirga yaroqliligini 10 ballik tizimda atigi 3 ball, deya baholashdi. Aytish kerakki, tekshiruvda Samsung Galaxy S20 Ultra ham aynan shunday ball olgan edi.

O‘QING: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’ni uloqtirib, bukib va suvga cho‘ktirib ko‘rsatishdi – ular qanchalik mustahkam? (video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!