Ikkita sarguzasht o‘yinni Google Play’da vaqtincha bepul tarqatishyapti

  •   DiMaX
  •  4137
  •  08.04.2020 15:04

Ikkita sarguzasht o‘yinni Google Play’da vaqtincha bepul tarqatishyapti

Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda kishilar turli onlayn servislar orqali masofadan ishlashmoqda. Ishdan bo‘sh odamlar o‘z uylarida qolishlariga o‘yin studiyalari ham hissa qo‘shishmoqda.

O‘QING: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Ayni damda Google Play ilovalar do‘konida ikkita qiziqarli o‘yin bepul tarqatilmoqda. Bular – aslida pulli bo‘lgan EQQO hamda Wormster Dash sarguzasht o‘yinlari bo‘lib, bo‘sh vaqtingizni zavq bilan o‘tkazish imkonini beradi.

EQQO o‘yinida siz qadimiy ehromlar xarobalari oralab og‘ir yo‘lni bosib o‘tishda ko‘zi ojiz bolaga yordam berishingiz kerak. Bu murakkab safarda sizni ko‘plab qopqonlar va boshqa xavflarga to‘la bo‘lgan 40 ta bosqich kutadi.

Mazkur o‘yin noodatiy tarzda – smartfondagi giroskop orqali boshqaruv tizimi bilan ajralib turadi. Undagi original saundtrekni esa Praga filarmonik orkestri ijro etgan. Smartfoningizga EQQO o‘yinini ushbu havola orqali yuklab olasiz

O‘QING: Koronavirus hattoki Mortal Kombat’ga ham yetib keldi! (video)

Wormster Dash esa ranner (yuguruvchi) hamda platformer uyg‘unlashmasi bo‘lib, o‘zig xos oq-qora interfeysi hamda shiddatli o‘yin jarayoni bilan ajralib turadi. Unda xato qilishga haqqingiz yo‘q, shu sababli yo‘l-yo‘lakay har bir sakrashni yoki zarbani o‘ylab amalga oshirish darkor. Asosiysi – qadimiy yerosti maxluqiga yem bo‘lib qolmasangiz bas...

Sarguzashtga tayyor bo‘lsangiz, mana bu havola yordamida Wormster Dash o‘yinini o‘rnatib oling.

O‘QING: Sovrin fondi 60 million so‘mlik onlayn kibersport musobaqasiga marhamat!