Ikkita SIM-kartali iPhone’ni allaqachon reklama qilishyapti, narxlari ham ma’lum!

  •   DiMaX
  •  1599
  •  10.09.2018 17:41

Ikkita SIM-kartali iPhone’ni allaqachon reklama qilishyapti, narxlari ham ma’lum!

Kuni kecha China Mobile aloqa operatori yopiq taqdimot tadbiri o‘tkazganligi haqidagi xabar va unda olingan surat internetda tarqalmoqda. Ushbu tadbirda ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlovchi iPhone XS modeli ham eslangan.

O‘QING: Hali rasman namoyish etilmagan yangi iPhone’larni hoziroq xarid qilish mumkin!

Maxfiy tadbirdan xabar qilishlaricha, iPhone XC (yoki iPhone 9), iPhone XS va iPhone XS Plus modellarining Xitoydagi narxlari soliqlarni ham hisobga olganda tegishlicha 700, 900 va 1000 dollarga teng bo‘ladi. Quyida ana shu namoyishdan olingan suratni ko‘rishingiz mumkin:

Endi esa yana bir – China Telecom uyali aloqa operatori ham bo‘lajak ayfonning dualsim bo‘lishini tasdiqladi.

Operator e’lon qilgan reklama tasvirida ikkita SIM-karta uyachasiga ega iPhone ko‘rsatilgan. Bugina emas – SIM-kartalarning har ikkalasi 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi!

O‘QING: Apple tasodifan rasmiy saytida iPhone 9’ni namoyish etdi!

Yuqoridagiga o‘xshash tizerlarni China Telecom ham tarqatmoqda.

Hozirgacha ma’lum bo‘lishicha, dualsim iPhone versiyasi faqat Osiyo hududidagi – Xitoy, Hindiston va Indoneziya kabi mamlakatlar bozorlarida sotiladi. Apple’ning shu paytgacha bozorga chiqargan aksariyat modellardagi ayfonlarini esa O‘zbekistonda ham sotib olish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’dagi barcha iPhone’lar narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 10 sentyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!