Ilk bora: iPhone 11’ni ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  2053
  •  27.08.2019 18:19

Ilk bora: iPhone 11’ni ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Kupertinolik korporatsiya navbatdagi smartfonlari taqdimot sanasi haqida xabar berganmiz. Ushbu ayfonlarning turli xususiyatlari haqida bir qator ma’lumotlar va rasmlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Qaysi iPhone’ning batareyasi qanchalik «baquvvat» – barchasi bitta ro‘yxatda!

Endi esa Slashleaks saytida maket emas, balki «jonli» iPhone 11 (yoki iPhone 11 Pro) ekrani yoqiq holda ko‘rsatilgan birinchi videorolik chiqdi. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Lavhadagi smartfonning ish holatida ekanligiga shubha yo‘q, ammo u chindan ham Apple mahsulotimi, degan gumonlar baribir mavjud. Ehtimol, buyam xitoyliklar tayyorlagan biror klon bo‘lib chiqar – avvalgi ayfonlar taqdimoti arafasida shunaqa holatlar bo‘lgan.

Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting. Hozirgacha sotuvga chiqqan aksariyat iPhone’larni esa 5 650 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: iPhone 11'ning Galaxy Note 10'dan ustun ikki jihati

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!