Ilon Mask bir kunda salkam 9 milliard dollaridan ayrildi

  •   DiMaX
  •  1948
  •  23.12.2020 10:04

Ilon Mask bir kunda salkam 9 milliard dollaridan ayrildi

SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Maskning boyligi bir kunda 8,8 milliard dollarga kamaydi. Natijada milliarder sayyoramizning eng boy odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Buni Forbes ma’lumotlari tasdiqlaydi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: «Meni Marsga dafn eting» – Ilon Mask «Qizil sayyora»ni zabt etish vaqtlarigacha aytdi

Bungacha Mask 9 dekabrda ko‘tarilib olgan reytingning ikkinchi pog‘onasini egallab kelayotgandi. Shuningdek, u Bloomberg Billionaires Index (BBI) agentligi reytingida ham xuddi shu o‘rinni band etgan.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Maskning boyligi qariyb 145 milliard dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga, Forbes ro‘yxatining birinchi o‘rnini egallagan Amazon asoschisi va rahbari Jeff Bezosning boyligi 187 milliard dollarni, Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyasi prezidenti Bernar Arno (reytingda ikkinchi o‘rin)ning boyligi 145,6 milliard dollarni tashkil etadi.

Mask Tesla aksiyalarining taxminan beshdan biriga egalik qiladi. Joriy yil boshidan buyon ular 8 baravar oshdi. Shu tariqa, aksiyalarning qiymati S&P 500 indeksiga kiritilishi haqida e’lon qilingan 17 noyabrdan boshlab ko‘tarilgan.

Kompaniya aksiyalarining pasayishiga ko‘tarilgandan keyingi tuzatish va koronavirus infeksiyasining yangi shtammi to‘g‘risidagi ma’lumot sabab bo‘ldi.

O‘QING: Ilon Mask xursand: Starlink interneti endi o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!