Ilon Mask eng kuchli kriptovalyutani e’lon qildi: bu bitkoin emas!

  •   DiMaX
  •  1468
  •  17.08.2021 13:15

Ilon Mask eng kuchli kriptovalyutani e’lon qildi: bu bitkoin emas!

Tadbirkor va ixtirochi Ilon Mask avvalroq o‘zining Twitter tarmog‘idagi bitta chiqishi bilan bitkoin narxini yana 5000 dollarga oshirib yuborgan edi. Keyin esa boshqa kriptovalyutani «kosmosga uchirgan».

O‘QING: Tesla direktori Ilon Mask butun 2020 yil davomida olgan maosh kulgili – nol dollar!

SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi yana kriptovalyutalar borasida fikr bildirdi. Ammo bu gal undan oldin Twitter’da boshqa bir milliarder – Mark Kuban (Mark Cuban) shu masalada so‘z ochib, raqamli aktivlar orasida Dogecoin (DOGE) nisbatan ishonchli ekanligini yozgan.

 «Bu – tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun qo‘llasa bo‘ladigan vositadir. Kriptovalyutani almashinuv vositasi sifatida ishlatish masalasiga kelganda, Doge – eng kuchlisidir», deya ta’kidlagan milliarder.

Ilon Mask unga javob tvitida shu fikrni qo‘llab-quvvatlashini aytgan, natijada ikki nafar nufuzli milliarderning fikri kriptovalyutalar kursiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Ya’ni, Dogecoin narxi bir sutkada 17 foizga oshgan.

O‘QING: Toshkentda naq 23,4 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar ushlandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!