Ilon Mask kiborgga aylantirgan maymun FIKR KUChI BILAN kompyuterda o‘yin o‘ynamoqda! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1336
  •  10.04.2021 13:03

Ilon Mask kiborgga aylantirgan maymun FIKR KUChI BILAN kompyuterda o‘yin o‘ynamoqda! (+«jonli» video)

Avvalroq biz Neuralink startapi maymunga chip o‘rnatib, videoo‘yinlar uni o‘ynashga o‘rgatgani haqida yozgan edik. Kompaniya rahbari Ilon Mask esa odamlarni xuddi shu tarzda chiplashtirish muddatini ham aytgan. Bundan tashqari...

O‘QING: Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Sayyoramizdagi eng badavlat kishilardan biri bo‘lgan Ilon Mask o‘shanda, yaqin oylarda miyasiga chip o‘rnatilgan maymunlar tasvirlangan videolavhalarni taqdim etishga va’da bergan edi. Ixtirochi o‘z va’dasining ustidan chiqdi: Neuralink chiplashtirgan maymunning Pong o‘ynayotgani aks etgan videorolikni taqdim etdi.

Eng qizig‘i – maymun bu o‘yinni biror kontroller ishlatmasdan, faqatgina  fikr kuchi orqali boshqarib o‘ynayapti! Buning ustiga, maymunning o‘ynash tezligiga ham havas qilsa arziydi – bunaqasi uncha-muncha insonning qo‘lidan (yoki miyasidan) kelmaydi!

Xo‘sh, Neuralink buni qanday uddalamoqda? Olimlarning o‘zlari izoh berishlaricha, makaka turiga mansub ushbu maymunning boshiga maxsus chip o‘rnatishgan. Bu chip miyadagi neyronlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi va undan signallarni oladi, keyin bu signallarni kompyuterda qayta kodlanadi. Shu tariqa jonivor o‘z fikr kuchi vositasida o‘yinni boshqarmoqda.

Jonivorlardagi sinovlarni tugatgach, Neuralink mutaxassislari mazkur neyrointerfeysni odamlarda ham sinab ko‘rishga o‘tishadi. Kelajakda mazkur texnologiya imkoniyati cheklangan, shu jumladan butkul falajlangan kishilarga kompyuterlarni, protezlarni miya kuchi bilan boshqarish imkonini beradi.

Darvoqe, ushbu kompaniya allaqachon dinozavrlarni tiriltirishga tayyorligini e’lon qilganidan xabaringiz bormi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!