Ilon Mask: «Marsga uchadigan ilk fazogirlar halok bo‘lishadi» (video)

  •   DiMaX
  •  1425
  •  27.04.2021 16:20

Ilon Mask: «Marsga uchadigan ilk fazogirlar halok bo‘lishadi» (video)

SpaceX kompaniyasining Marsga uchadigan kosmik kemasi prototipi yaqinda Yerga qo‘nish paytida portlab ketgan edi. Shunga qaramasdan, u hozirda Qizil sayyorani zabt etish yo‘nalishida yetakchidir.

O‘QING: «Tesla texnoqiroli» – Ilon Mask endi o‘zini «Mars Imperatori» deb e’lon qildi!

Ilon Mask avvalroq kompaniyaning Starship kosmik kemasi bortida ekipaji bilan Mars sathiga qo‘nish vaqtini hamda shu sayyorada dafn etilish istagini aytgan edi. Kuni kecha u inqilobiy innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi X Prize Foundation jamg‘armasi Piter Diamandis bilan suhbatda shu masalaga yana to‘xtalib o‘tdi.

Biroq bu gal Maskning shashti birmuncha pasaygan – u sayyoralar aro fazoviy kemalardagi ilk fazogirlar qanday qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkinligini aytdi. Unga ko‘ra, kosmonavtlar ko‘plab noqulayliklarga, yaxshi oziq-ovqat yo‘qligiga ko‘nikishlari kerak bo‘ladi, lekin asosiysi – ular uchun bu hayotlaridagi so‘nggi sarguzasht bo‘lishi ham mumkin.

«To‘g‘risini aytganda, ayrim fazogirlar sayohatning boshidayoq jon berishlari mumkin», – dedi Mask va, bu baribir ajoyib sarguzasht bo‘lishini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Shu bilan birga, milliarder mazkur missiya hamma uchun emasligini hamda har qanday xatarga tayyor turuvchi ko‘ngillilar talab etilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bu tadbirkor xalqaro qonunlarni tan olmaydi – Marsda u o‘z qonunlarini o‘rnatmoqchi!

O‘QING: UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!