Internet tezligi bo‘yicha «O‘zbektelekom» direktori yana tushuntirish berishga majbur bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1320
  •  06.06.2019 14:33

Internet tezligi bo‘yicha «O‘zbektelekom» direktori yana tushuntirish berishga majbur bo‘ldi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining tijoriy direktori Alisher Zufarov jurnalistlar bilan «Telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusida muloqot qildi. Bu haqda Minbar nashri xabar bermoqda.

O‘QING: «O‘zbektelekom»: internet tezligi oshirilib, narxlar pasaytirilmoqda

Xabarga ko‘ra, tadbirda Minbar muxbiri «O‘zbekistonda internet tezligi qachon haqiqatan ham 10 barobar oshiriladi?» degan savolni bergan.

– «O‘zbektelekom» AK tomonidan Xalqaro paketli kommutatsiya markazi komplekslari modernizatsiya qilindi va shu tariqa XPKM komplekslarining umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 barobar oshdi: o‘zgartirilgan trafigi 110 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha o‘sdi. Bu O‘zbekistonda internet tezligi 10 marta yaxshilandi degani. Endi esa kabellar va boshqa internet qurilmalarini yangilash, ana shu tezlikka moslash kerak», – deb javob bergan Zufarov.

O‘QING: Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

Uning aytishicha, hozirgi vaqtga qadar 4 ming km.dan ortiq mis kabellar yangilangan, XDSL texnologiyasi yordamida xizmatlar sifati yaxshilangan. Joriy yilning birinchi choragida 2408 ta ko‘p qavatli uy, 1108 ta maktab zamonaviy aloqa xizmatlari bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari, «O‘zbektelekom» AK va boshqa ijtimoiy ob’yektlar uchun GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyalari yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘QING: Internet qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Lekin ijtimoiy tarmoqlarda «Internet tezlashganini nima uchun sezmayapmiz?» qabilidagi gaplarni ko‘p uchratamiz. «O‘zbektelekom» matbuot kotibi Aleksandr Suchkovning aytishicha, ularning uylariga, ofislariga o‘rnatilgan qurilma bu tezlikka javob bermaydi.

«Tasavvur qiling, sizga trassada soatiga 200 km. tezlik bilan harakatlanish ruxsat etilgan bo‘lsa-yu, transportingiz bu tezlikka moslashmagan bo‘lsa, yaratilgan imkoniyat befoyda. Avval qurilmani almashtirish kerak», – degan Suchkov.

Siz uchun yana Interneti «erkin bo‘lmagan» mamlakatlar hamda Mobil internet tezligi WI-FI dan yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakat haqidagi ma’lumotlarimiz ham qiziq bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Speedtest statistikasi: qayerda mobil internet eng tezkor?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!