iOS 15 hamda iPadOS 15’ga yangilanuvchi 16 xil ayfon va 13 xil aypad ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  837
  •  12.05.2021 15:35

iOS 15 hamda iPadOS 15’ga yangilanuvchi 16 xil ayfon va 13 xil aypad ro‘yxati

iOS 15 hamda iPadOS 15’ga yangilanuvchi 16 xil ayfon va 12 xil aypad ro‘yxati

Apple dasturchilarga atalgan bu yilgi – WWDC 2021 konferensiyasini kelasi oyda o‘tkazadi. Tadbirning ilk tizerida korporatsiya uzoq kutilgan gadjetga ishora qilgan edi.

O‘QING: iOS 15 va iPadOS 15 haqida ma’lumotlar tarqaldi

Bu yilgi anjumanda ayfonlar uchun iOS 15 hamda aypadlar uchun iPadOS 15 operatsion tizimlarining namoyishi kutilmoqda. Wccftech resursi ubu proshivkalarni oluvchi smartfon va planshetlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «tishlangan olmali» telefonlardan quyidagilar o‘n beshinchi versiyadagi operatsion tizimgacha yangilanadi:

  1. iPhone 12
  2. iPhone 12 Pro
  3. iPhone 12 Pro Max
  4. iPhone 12 mini
  5. iPhone 11
  6. iPhone 11 Pro
  7. iPhone 11 Pro Max
  8. iPhone XS Max
  9. iPhone XS
  10. iPhone XR
  11. iPhone X
  12. iPhone 7
  13. iPhone 7 Plus
  14. iPhone 8
  15. iPhone 8 Plus
  16. iPhone SE 2 2020

Manbaga ko‘ra, Apple bu yildan iPhone 6S hamda iPad Air 2 modellarini dasturiy ta’minot bilan qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoqchi.

O‘QING: iOS 15 proshivkasidan quruq qoladigan iPhone va iPad’lar ro‘yxati

Kupertinolik korporatsiyaning planshetlariga keladigan bo‘lsak, ular orasidan quyidagilarga iPadOS 15 proshivkasi tarqatiladi:

  1. iPad Air 4
  2. 2 dyuymlik iPad 8
  3. 11 dyuymlik iPad Pro (1-avlod va 2-avlod)
  4. 9 dyuymlik iPad Pro (3-avlod va 4-avlod)
  5. 5 dyuymlik iPad Pro (1-avlod)
  6. 9 dyuymlik iPad Pro (2-avlod)
  7. iPad (5-avlod)
  8. iPad (6-avlod)
  9. iPad mini (5-avlod)
  10. iPad Air (3-avlod)
  11. 2 dyuymlik iPad (7-avlod)
  12. 7 dyuymlik iPad Pro (1-avlod)
  13. 9 dyuymlik iPad Pro (1-avlod)

Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi ro‘yxatlar rasmiy xarakterga ega; iOS 15 hamda iPadOS 15 taqdim etilganida, qaysi modellar ularni qabul qilishini Apple rasman aytadi.

O‘QING: 2018 yilgi bu ayfon tezkorlik testida iPhone 11 va hatto iPhone 12’ni ham yengdi! («jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!