iOS uchun Telegram X ilovasi yangilandi: vCard, «3D touch» va boshqa imkoniyatlar!

  •   DiMaX
  •  711
  •  11.09.2018 13:33

iOS uchun Telegram X ilovasi yangilandi: vCard, «3D touch» va boshqa imkoniyatlar!

Ommabop messenjerning rasmiy muqobil kliyenti – Telegram X ilovasi ham takomillashishda davom etmoqda. Ushbu dastur iOS tizimi uchun 5.0.5 versiyasida taqdim etildi.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Yangilangan Telegram X ilovasida Apple mobil qurilmalari ishqibozlari uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etilgan:

  1. Ommaviy guruhlar/kanallardagi xabarga eltuvchi havolani nusxalab olish mumkin.
  2. Fayllarning yuklanishini ko‘rsatuvchi indikator yangilangan.
  3. Tungi mavzu avtomatik yoqiladigan bo‘lgan.
  4. Endi kunduzgi mavzuning muqobillarini tanlash, shuningdek matn hajmini o‘zgartirish mumkin.
  5. Ilova endi vCard ma’lumotlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
  6. Chatlar bilan bog‘liq harakatlarda animatsiya yangilangan.
  7. Audio- va videoxabarlarning ijro etilishini tezlashtirish mumkin.

O‘QING: Telegram’dagi barcha yozishmalaringiz va fayllaringizni ko‘chirib olish yo‘li bor!

  1. Belgichaga bosishda «3D touch» amal qiladi.
  2. «Chat» belgichasiga bosganda endi dialoglar ro‘yxatining boshiga o‘tasiz.
  3. Istalgan bot, guruh, kanal yoki hatto alohida xabar yuzasidan ma’muriyatga shikoyat yo‘llash mumkin.
  4. Sozlamalardan emodzi bo‘yicha stikerlarni taklif etishni sozlasangiz bo‘ladi.
  5. Katta (a’zolar soni 10 kishidan oshiq bo‘lgan) superguruhlarda guruh stikerlarini qo‘shish mumkin.
  6. Maxfiylik ma’lumotlari sozlamalari yangilangan.
  7. Debag menyuda yangi sozlamalar: so‘nggi logni yuborish, ishoralarni tozalash kabilar qo‘shilgan.

Yuqoridagi imkoniyatlardan bahramand bo‘lish uchun iPhone va iPad sohiblari Telegram X ilovasini mana bu havola orqali App Store’dan o‘rnatib (yoki yangilab) olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram’da notanish kontaktlar paydo bo‘lyaptimi? Bartaraf etamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!