iPad Pro 2018 qadog‘idanoq qiyshiq holda chiqsa-da, Apple buni nuqson deb hisoblamayapti!

  •   DiMaX
  •  1064
  •  20.12.2018 19:01

iPad Pro 2018 qadog‘idanoq qiyshiq holda chiqsa-da, Apple buni nuqson deb hisoblamayapti!

Kupertinolik texnogigant 2018 yil oktyabrning so‘ngida o‘tkazgan tadbirida mobil operatsion tizimining yangi talqinini hamda va bir nechta yangilangan gadjetlarini taqdim etgandi. Lekin uning shu 2018 yilgi planshetlaridan xarid qilgan ayrim foydalanuvchilar iPad’larning biroz bukilganligidan shikoyat qilishmoqda.

O‘QING: Apple allaqachon arzonlashtirilgan iPad 2018’larni sota boshladi!

MacRumors forumida ba’zi iPad Pro 2018 foydalanuvchilarining yozishlaricha, ularning planshetlari vaqt o‘tishi bilan sal qiyshayib qolayotir. Bunisi ham mayli, ayrimlari hali yangi paytida – qutisidan olgandayoq shunday, biroz bukilgan holda chiqmoqda!

Apple korporatsiyasining The Verge nashriga ma’lum qilishicha, bu chindan ham shunday. Ammo kompaniya buni defekt – nuqson deb hisoblamasligini ham aytgan. Kupertinolik gigantga ko‘ra, bu holat 2018 yilgi iPad Pro’ning tayyorlanishidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Mana, quyidagi suratda bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin:

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu kabi salgina qiyshayish holatlari planshetning ish faoliyatiga aslo salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun iPad Pro 2018’larning egalari kafolat bo‘yicha ularni qaytarib topshira olmaydilar.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Apple iPad mini 4 Wi-Fi modelidagi planshetni 3 020 000 so‘m narxida sotib olish, bu yilgi – Apple iPad 6 4G 2018 32GB modelini bo‘lsa 3 599 000 so‘m evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Navbatdagi iPhone va iPad’lar muhim texnologiyani Galaxy S10’dan o‘zlashtiradi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.