iPhone 11 Pro Max va Galaxy S20 Ultra’dan zo‘r chiqqan xitoycha flagmanni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  2557
  •  24.04.2020 14:17

iPhone 11 Pro Max va Galaxy S20 Ultra’dan zo‘r chiqqan xitoycha flagmanni qarshi oling!

Oppo kompaniyasi avvalroq taqdim etgan flagman – Find X2 Pro modeli AnTuTu servisining mart oyi reytingida barcha raqiblarini «yer tishlatgan». DxOMark laboratoriyasining kamera reytingida esa u ayni damda kuchli uchlikda turibdi.

O‘QING: Dunyodagi eng qudratli smartfon endi Lite-versiyada chiqyapti

DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari endi Oppo Find X2 Pro smartfonining ovoz tizimini ham imtihondan o‘tkazib ko‘rishdi. Bunda u ovoz yangratish sifatiga ko‘ra 75 ball, ovoz yozish bo‘yicha esa 69 ball oldi. Shu tariqa, mazkur flagman jami 74 ballik natija ko‘rsatib, iPhone XS Max bilan birgalikda uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Aytish keraki, DxOMark audiotestlari bo‘yicha Find X2 Pro’dan yuqori o‘rinlarda Xiaomi Mi 10 Pro (76 ball) hamda Huawei Mate 20 X (75 ball) turibdi.

O‘QING: Bu smartfon DxOMark reytingida Xiaomi va OPPO’ning eng zo‘r flagmanlarini ortda qoldirdi!

Umuman olganda, ovoz imkoniyatlari bo‘yicha DxOMark reytingida yuqori o‘rinlarni olgan smartfonlar ro‘yxati quyidagicha:

Ko‘rib turganingizdek, Oppo Find X2 Pro modeli o‘zidan qimmat bo‘lgan flagmanlardan ham yuqori ko‘rsatkichga erishgan. Unga yengilgan modellar orasida iPhone 11 Pro Max (71 ball), ASUS Rog Phone 2 (69 ball), Galaxy S20 Ultra (69 ball), Google Pixel 4 (68 ball), Galaxy Note 10+ 5G (66 ball) hamda Galaxy Note 10+ (66 ball) kabi nomdor flagmanlar bor.

O‘QING: Eng qimmat flagman DxOMark reytingida: Samsung bu sharmandalikni ko‘tara olarmikan?!. (+video)