iPhone 11’dagi eksklyuziv funksiya endi Samsung smartfonlariga ham qo‘shiladi!

  •   DiMaX
  •  2640
  •  28.10.2019 16:34

iPhone 11’dagi eksklyuziv funksiya endi Samsung smartfonlariga ham qo‘shiladi!

Kupertinolik texnogigant iPhone 11 turkumidagi smartfonlari taqdimotida ularning o‘ziga xos yangi funksiyasini ham namoyish etgandi. Apple yangicha old kamera sharofati bilan yaratilgan ushbu yangilikni «sloufi» (slofie) deb nomlagan.

O‘QING: iPhone 11’lar yangi rekord o‘rnatdi, lekin bu ko‘rsatkich Samsung’ning flagmaniga yeta oladimi?

Lo‘nda qilib aytganda, «sloufi» degani – old kamera yordamida sekinlashtirilgan (slou-mo) video suratga olish funksiyasidir. Ushbu imkoniyat hozircha faqat yangi avlod iPhone’larida mavjud – hatto avvalgi ayfonlarga ham nasib etmagan.

Lekin yaqin orada Samsung Galaxy smartfonlarida ham «sloufi» qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, deb yozadi SamMobile. Janubiy koreyalik texnogigant o‘z smartfonlari uchun Android 10 bazasida ishlab chiqqan One UI 2 proshivkasi kodida sekinlashtirilgan selfi-videoni qo‘llash haqidagi ma’lumot topilgan.

Hozircha esa Samsung’ning faqat flagman modellarigina, shundayam faqat bosh kamera orqali soniyasiga 960 kadr chastotasida sekinlashtirilgan video ola biladi.

Aytish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli rusumlardagi Samsung telefonlarini atigi 705 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish, iPhone’larni esa 3 760 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Barcha modellardagi iPhone 11’larning mustahkamligini o‘zaro hamda Galaxy Note 10+ bilan solishtiramiz! (uchta drop-test videosi)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!