iPhone 13 ekrani kemtigini «jonli» suratlarda iPhone 12’niki bilan solishtirib ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  878
  •  23.04.2021 15:30

iPhone 13 ekrani kemtigini «jonli» suratlarda iPhone 12’niki bilan solishtirib ko‘ramiz

Kuni kecha biz kuzda chiqadigan iPhone 13 mini smartfonining ilk «jonli» suratini, shuningdek, uning iPhone 12 mini bilan taqqoslangan rasmini e’lon qilgan edik. Umuman, o‘n uchinchi avlod ayfonlarning old yuzasidagi asosiy farqlardan biri – displeyda selfi-kamera va boshqa datchiklar uchun o‘yilgan kemtikning kichraytirilgani bo‘ladi.

O‘QING: Eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘li topildi!

Macrumors sayti bu yilgi kutilayotgan ayfonlar orasidagi standart model – Apple iPhone 13 ekrani uchun tayyorlangan himoya shishasining «jonli» rasmi chiqdi. Uni displeyi yoqiq holdagi iPhone 12 bilan solishtirib ko‘rsatishgan.

Yaqqol ko‘rinib turibdiki, iPhone 13 ekranidagi o‘yiq birmuncha kichraygan; Macotakara nashrining yozishicha, uning o‘lchami 5,35x26,8 millimetrga teng. Taqqoslash uchun, iPhone 12 ekranidagi kemtik 5,3x34,83 millimetrlikdir.

O‘QING: 2021 yil boshida butun jahonda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon

Xabarga ko‘ra, so‘zlashuv dinamigining korpus yuqori qirrasiga yaqinroqqa ko‘chirilishi evaziga bu kemtikning kichrayishiga erishilgan. Bundan tashqari, Apple ushbu smartfonlarida yangi – D-ToF (Direct ToF) texnologiyasini qo‘llamoqda.

Aytish kerakki, 2017 yilgi iPhone X modelidan beri old kamera tizimi uchun ochilgan o‘yiqning hajmi o‘zgarmasdan kelayotgan edi. iPhone 13 turkumi smartfonlarida yangilanish chastotasi 120 gerslik LTPO-displeylar qo‘llanishi aytilmoqda.

O‘QING: Qoyilmisiz: har qanday iPhone’ni endi Galaxy’ga «aylantirish» mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!