iPhone egalari, iOS 14’dan umidni uzavering!

  •   DiMaX
  •  995
  •  19.06.2020 17:59

iPhone egalari, iOS 14’dan umidni uzavering!

Apple joriy yilning 22 iyunida – WWDC 2020 tadbiri doirasida iOS 14 operatsion tizim talqinini taqdim etishi kutilayotgan edi. Ushbu dasturiy ta’minotning turli xususiyatlari haqida bir qator xabarlar tarqalgan.

O‘QING: iOS 14 proshivkasigacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, iOS 14 nomli operatsion tizim umuman chiqmaydi. Aniqrog‘i, kompaniya rebrending o‘tkazib, uning o‘rniga iPhoneOS (yoki iPhone OS) nomli tizim namoyish qiladi. Bu haqda bugun taniqli insayderlar – Jon Prosser va Maks Vaynbax xabar berishgan.

Aytib o‘tish kerakki, kompaniya o‘zining birinchi smartfonlarida operatsion tizimni aynan shunday – iPhone OS deb nomlagan edi. 2010 yilga kelib bu nomni qisqartirilgan shaklda – iOS deya taqdim etgan, chunki u yangi planshet – iPad’ga ham mos tushishi kerak edi. O‘tgan yili esa Apple o‘z mobil operatsion tizimlarini ikkiga ajratgan: smartfonlar uchun iOS va planshetlar uchun iPadOS.

Endi esa, Apple o‘z operatsion tizimlarini aniq bir standartga tushirmoqchi: har bir tizim nomida mahsulotning to‘liq nomi ham bo‘ladi: iPhoneOS, iPadOS, macOS, watchOS va tvOS.

O‘QING: Apple xodimi hali chiqmagan iOS 14 tizimli iPhone’ni ikki bitkoinga sotdi! (+«jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!