«iPhone nimalarga qodir?»: Apple yana to‘rtta videoqo‘llanma e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1200
  •  13.03.2019 16:44

«iPhone nimalarga qodir?»: Apple yana to‘rtta videoqo‘llanma e’lon qildi

Zamonaviy smartfonlarning imkoniyatlari ko‘p, ammo aksariyatimiz ularning ko‘pchiligidan foydalanmaymiz yoki hatto bilmaymiz ham. Shuni hisobga olib, ayrim ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarining muhim afzalliklarini aks ettiruvchi videolar tarqatishadi.

O‘QING: iPhone’larning ko‘pchilik bilmaydigan imkoniyatlarini Apple beshta videoda ko‘rsatib berdi

Yaqindagina o‘z smartfonlarining funksiyalari xususida beshta videolavha e’lon qilgan Apple shu ruknni davom ettirmoqda. Korporatsiyaning rasmiy YouTube-kanalida «iPhone nimalarga qodir?» ruknida yana to‘rtta rolik paydo bo‘ldi. Ularning har biri 15 soniyadan davom etadi va shu vaqt ichida tegishli funksiyaning qanday ishlashi haqida imkon qadar keng ma’lumot beradi.

Yangi roliklardan birinchisi «Tezroq ishlashingiz va o‘ynashingizga imkon beruvchi chip» deb nomlangan. O‘zingiz ham anglaganingizdek, Apple bu videolavhasini iPhone XS, iPhone XS Max hamda iPhone XR modellaridagi A12 Bionic protsessoriga bag‘ishlagan.

«Yo‘qolgan qurilmani toping» nomli ikkinchi lavhada bo‘lsa «iPhone’ni topish» ilovasining qisqa tavsifi berilgan. Ushbu dastur yordamida kompaniyaning boshqa gadjetlarini, masalan, AirPods quloqchinini ham topsa bo‘ladi.

Uchinchi video «iPhone’da iMessage orqali pullarni Apple Pay’dan jo‘nating va qabul qiling» deb atalgan. Unda Apple Pay Cash servisi orqali tezkorlikda mablag‘ o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rishimiz mumkin.

So‘nggi videorolik «iPhone’da ikkita telefon raqami» deb nomlangan bo‘lib, Telefon ilovasida ikkita raqamni ishlatishga bag‘ishlangan. Xabaringiz borki, o‘tgan yilgi ayfonlar dualsim variantlarda ham chiqqan – ularda moddiy SIM-karta bilan birga eSIM ham qo‘llab, ikkita raqam ishlatish mumkin.

Aytish kerakki, turli rusumlardagi iPhone’larni 2 020 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor. Ayniqsa, hozirda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!