iPhone SE 2022 modeli Apple’ning eng arzon va ixcham 5G-smartfoni bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  547
  •  24.06.2021 11:34

iPhone SE 2022 modeli Apple’ning eng arzon va ixcham 5G-smartfoni bo‘ladi

Tianfeng Securities kompaniyasining tahlilchisi Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) bir necha marta Apple’ning hali chiqmagan gadjetlari va rejalari haqida adashmasdan prognozlar qilgan. Uning oxirgi ma’lumotiga ko‘ra, kupertinoliklar iPhone SE 2022 smartfonini tayyorlashmoqda.

O‘QING: Bu yil chiqadigan iPhone SE Plus: dizayni, xususiyatlari va narxi

Taxminlarga ko‘ra, iPhone SE 2022 modelini Apple biryo‘la ikkita – iPhone SE (2020) hamda iPhone 12 mini modellarining o‘rniga chiqaradi. Zero, hozir aynan shu ikkita ayfon savdolari ancha sust ketmoqda.

iPhone SE 2022 qachon namoyish etilishi aniq emas, ammo Ming-Chi Kuo uning beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi eng arzon ayfon bo‘lishini aytmoqda.

Korporatsiya bu smartfonida hozirgi iPhone SE dizaynini saqlab qoladi, ammo yangi protsessor qo‘llaydi. Aftidan, bu iPhone 12 turkumining «elektron yuragi» – Apple A14 Bionic chipseti bo‘ladi.

Tahlilchining ta’kidlashicha, Apple ushbu modelini 6 dyuymlik ekran bilan chiqaradi. iPhone SE 2022 old kamerasi Face ID texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: iPhone SE 3 nimalari bilan ideal hamyonbop ayfon bo‘ladi?