iPhone X eng ommabop smartfon: 100 foiz foydalanuvchilar undan rozi

  •   Saroy
  •  1299
  •  02.08.2018 11:16

iPhone X eng ommabop smartfon: 100 foiz foydalanuvchilar undan rozi

Apple’ning choraklik hisoboti vaqtida  Tim Kuk iPhone modellarining 2018 yilning uchinchi choragida qanday sotilgani haqida so‘zlab berdi.   Apple rahbarining ta’kidlashicha,  iPhone X  shu yilning o‘tgan choragi yakunlari bo‘yicha «yana qaytadan» eng ommabop  iPhone’ga aylangan, undan 98 foiz foydalanuvchi qoniqish hosil qilgan.

O‘QING:2018 yilgi iPhone’lar suratlarda solishtirib ko‘rildi

O‘z chiqishida Tim  Kuk kompaniyaning  iPhone’dan olayotgan daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga ortganini ma’lum qildi, Uning aytishicha, bu vaqtda  iPhone foydalanuvchilari soni ham ortgan. Kukning tan olishicha, modellar orasida eng xaridorgiri iPhone X  bo‘lmoqda, ushbu modelni xarid qilgan foyalanuvchilarning qariyb yuz foizi o‘z xarididan xursandligini bildirmoqda.

Shu bilan birga,  Apple’ning moliyaviy direktori Luka Maestrining ma’lum qilishicha,  iPhone’ning barcha modellari bo‘yicha 96 foiz xaridorlar o‘z tanlovidan rozi. Nufuzli kompaniyalardan biri 451 Research o‘tkazgan  oxirgi so‘rov natijalari ham ushbu ma’lumotlarni tasdiqladi.  iPhone 8, 8 Plus va iPhone X  uchun 98 foiz foydalanuvchilar ijobiy fikr bildirgan.

O‘QING:Tarmoqlarda iPhone X Plus va iPhone 9’ning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!