Ishlayotgan holdagi Redmi K30 flagmanini «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1399
  •  22.11.2019 14:47

Ishlayotgan holdagi Redmi K30 flagmanini «jonli» ko‘ramiz!

Weibo ijtimoiy tarmog‘i kengliklarida Xiaomi Redmi K30 smartfonining «jonli» rasmlari tarqaldi. Uning ekranidagi yozuvlar qurilmaning asosiy texnik xususiyatlarini ham aks ettirgan.

O‘QING: Xiaomi rahbari Redmi K30 taqdimoti haqidagi bahslarga nuqta qo‘ydi

Ushbu arzon flagman xuddi Galaxy S10+ (sotib olish) singari qo‘shaloq selfi-kamera uchun oval tirqishli ekranga ega. Redmi K30 texnik xususiyatlarida ko‘rsatilishicha, unda Adreno 618 grafik tezlatgichi qo‘llangan, u esa Snapdragon 730/730G chipsetlari jamlanmasiga kiritilgan. Mazkur protsessor 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi, shunga qaraganda, rasmlar smartfonning sinov uchun chiqarilgan namunasidan olingan. Uning yakuniy variantida esa 5G-modemli Snapdragon 735 chipseti qo‘llansa kerak.

Redmi K30 ekrani IPS-matritsali, barmoq izi skaneri esa korpusning o‘ng qirrasida joylangan, deyishmoqda insayderlar.

O‘QING: «Bozorni portlatuvchi» 5G-smartfon va uning protsessori taqdimot kuni aytildi

Navbatdagi suratlardan biri Redmi K30 displeyida 60 gerslik va 120 gerslik rejimdan birini tanlash imkoni berilishini ko‘rsatmoqda. Ikkinchisi esa bu qurilma eng yangi – MIUI 11 grafik qobig‘iga ega ekanligini tasdiqlagan:

Redmi K30 dekabrda taqdim etilib, bozorga 2020 yilning boshida chiqariladi. Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: O‘z-o‘zidan yonib ketgan ommabop Redmi smartfonini Xiaomi tuzatib yo almashtirib bermadi!