Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi 9’ning ilk sifatli «jonli» suratlari uning texnik jihatlarini oshkor etdi

  •   DiMaX
  •  1627
  •  13.02.2019 17:39

Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi 9’ning ilk sifatli «jonli» suratlari uning texnik jihatlarini oshkor etdi

Xiaomi kompaniyasi Mi 9 rusumli flagman smartfonining taqdimot kunini e’lon qilganidan xabaringiz bor. Shundan so‘ng u mazkur qurilmaning rasmiy suratini tarqatdi.

O‘QING: Nihoyat, Mi 9 taqdimot kuni rasman e’lon qilindi – Xiaomi uni «jangovar farishta» deyapti!

Mana, kompaniyaning o‘zi mana bu rasmni e’lon qilgan:

Shundan so‘ng Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi yuzerlardan biri quyidagi suratlarni tarqatgan:

Lekin eng qizig‘i – keyingi rasmlar: ular yuqori sifatda olingan va Mi 9’ni yoqiq holda, bor go‘zalligi bilan namoyon etgan:

Mana, smartfon sozlamalarida u haqidagi ma’lumotlar aks etgan bo‘limga nazar solamiz:

Garchi xitoycha yozilgan bo‘lsa-da, ushbu flagman MIUI 10.0.1.1 grafik qobig‘iga ega ekanligini anglash qiyin emas. Shuningdek, u Qualcomm Snapdragon 855 protsessoriga, 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik xotiraga ega ekanligi ham ko‘rinib turibdi.

O‘QING: Mi 8 flagmaniga «sig‘may qolgan» muhim bir jihat Mi 9’da bo‘ladi!

Va nihoyat, gradiyent tusli yashil korpusga ega Mi 9 smartfonini orqa tomonidan tomosha qilamiz:

Mazkur flagmanning turli xususiyatlari haqida ko‘pgina ma’lumotlar e’lon qilganmiz. Allaqachon global bozorga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!