Jo Bayden prezidentlikning ilk dam olish kunlarini nabirasi bilan shu o‘yinga bag‘ishladi!

  •   DiMaX
  •  681
  •  18.02.2021 14:01

Jo Bayden prezidentlikning ilk dam olish kunlarini nabirasi bilan shu o‘yinga bag‘ishladi!

Donald Tramp o‘zining prezidentlik faoliyatini yakunlagach, bu lavozimni undan Jo Bayden qabul qilib olganidan xabaringiz bor. Newsweek portali AQShning yangi rahbari ilk ish haftasidan so‘ng dam olish kunlarini qanday o‘tkazgani haqida yozdi.

O‘QING: Metacritic reytingi: 2020 yilning eng zo‘r beshta o‘yini (+video)

Ma’lum bo‘lishicha, keksa siyosatchi dam olish kunlari o‘z nabirasi Naomi Bayden bilan birga Mario Kart o‘ynagan va uni yenggan. Bu poygada mag‘lub bo‘lganini Naomining o‘zi Instagram tarmog‘ida yozgan.

Naomi ushbu virtual o‘yinda Arcade GP DX rulida bobosi bilan bellashgan. Qiz chap tomonda o‘tirib, malika Pich rolida o‘ynagan. Prezident esa o‘ng o‘rindiqdagi Luiji rolida musobaqaga kirishgan.

O‘yinda Jo Bayden yutganini yozgan nevarasi hazil tarzida qo‘shimcha qilishicha, davlat maxfiy xizmati ushbu bellashuvda prezidentga yashirincha yon bosgan.

Darvoqe, yaqinda biz Neuralink kompaniyasi maymunga chip o‘rnatib, videoo‘yinlar uni o‘ynashga o‘rgatgani haqida yozgan edik. Uning rahbari Ilon Mask so‘zlariga ko‘ra, chip shu yildan insonlarda sinab ko‘rilishi mumkin.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?