«Jonli» test videosi: qaysi iPhone quvvati eng ko‘pga yetadi?

  •   DiMaX
  •  1483
  •  15.04.2020 19:02

«Jonli» test videosi: qaysi iPhone quvvati eng ko‘pga yetadi?

iAppleBytes nomli YouTube-kanal mualliflari so‘nggi olti avlod iPhone’larning akkumulyator zaryadi qancha vaqtga yetishini sinab ko‘rdi. Mazkur tajribaning «jonli» videosini internetda e’lon qilishgan.

O‘QING: iPhone SE 2020 taqdimoti oldidan dunyo bo‘ylab boshqa iPhone’lar arzonlashyapti!

O‘zaro taqqoslash uchun Apple korporatsiyasining iPhone SE, iPhone 6s, iPhone 7, iPhone 8, iPhone XR hamda iPhone 11 smartfonlari olingan. Ularning barchasi iOS 13.4.1 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Test o‘ta sodda usulda o‘tkazilgan – barcha ayfonlarni 100 foizga quvvatlashgan, keyin esa bir vaqtda barchasida Geekbench 4 ilovasini ishga tushirishgan. So‘nggi smartfon o‘chib qolgunicha barchasini kuzatib borishgan va yakunida xulosa chiqarishgan.

Ushbu tajriba g‘olibi eng so‘nggi iPhone 11 modeli bo‘lib chiqqan – uning quvvati 6 soatu 47 daqiqaga yetgan. Ikkinchi o‘rinni 5 soatu 51 daqiqalik ko‘rsatkich bilan iPhone XR band etgan. Qolgan smartfonlar esa deyarli bir xil vaqtda – 3:11 va 3:33 oralig‘ida quvvati tugab o‘chgan.

O‘QING: iPhone 12 Pro’ning ilk «jonli» rasmlarini Apple’dan haydalgan xodim fosh etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!