«Kambag‘albop» Pixel 3a XL smartfonlari taqdimotdan avval do‘konlarga keldi, narxlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1760
  •  03.05.2019 12:33

«Kambag‘albop» Pixel 3a XL smartfonlari taqdimotdan avval do‘konlarga keldi, narxlari bilan tanishing!

Google kompaniyasi nisbatan arzonlashtirilgan Pixel 3a hamda Pixel 3a XL smartfonlarini 7 may kuni taqdim etadi. Ammo ular haqda yetarlicha ma’lumotlar tarqalgan, «jonli» rasmlari va hatto videolarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Google’ning «kambag‘albop» Pixel 3a smartfoni Snapdragon 855 chipli Mi 9 narxida sotiladi!

Endi esa Google Pixel 3a XL modelining qadog‘i bilan tushirilgan suratlari ham internetga chiqdi – ular Best Buy do‘konlar tarmog‘ida olingan. Ya’ni, hali rasman namoyish etilmasidan turib, qidiruv giganti bu smartfonlarini do‘konlarga tarqatmoqda!

Qadog‘idagi yozuvlari ham tasdiqlab turganidek, Google Pixel 3a XL diagonaliga olti dyuymlik displeyga ega. Qora rangli ushbu smartfon 64 gigabaytlik ichki xotiraga ega, uning 128 gigabaytlik versiyasi ham bo‘lishi kerak.

Best Buy yoki boshqa biror do‘kondan birorta xaridor Google’ning yangi avlod smartfonlarini sotib olgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Xabarlarga ko‘ra, uning Pixel 3a modeli narxi 399 dollardan, Pixel 3a XL bahosi esa 479 dollardan boshlanadi.

O‘QING: Google va Huawei bu smartfon egalarining har biriga 400 dollardan to‘laydi!