Koronavirus tufayli yana bir antiqa xizmat arzonlashdi

  •   DiMaX
  •  1111
  •  11.04.2020 12:51

Koronavirus tufayli yana bir antiqa xizmat arzonlashdi

Shu kunlarda butun dunyoda o‘z-o‘zini izolyasiyalash rejimi sababli turli onlayn servislar o‘z xizmatlariga chegirmalar e’lon qilishmoqda. Masalan, O‘zbekistonda ishga tushirilgan Uydaqoling.uz portali orqali onlayn tarzda ovqatlar yoki mahsulotlarni buyurtma qilish, tibbiy maslahatlar, masofaviy ta’lim olish va hokazo xizmatlar joriy etilgan.

O‘QING: «Tungi internet» yanada arzonlashdi – naq 31 maygacha!

Lekin koronavirus pandemiyasi sababli xakerlar xizmatlari arzonlashuvi umuman kutilmagan voqea bo‘ldi. Group-IB kompaniyasi mutaxassislariga ko‘ra, u «bechora»lar ham barcha qatori bu ofatdan zarar ko‘rishmoqda. Shu boisdan ham ular maxfiy forumlarida o‘z xizmatlariga chegirmalar taklif etishyapti.

Ekspertlar maxsus forumlarda 500 dan oshiq shunday takliflarni aniqlashgan. Ularda xakerlik hujumlari, spam tarqatish va hokazo xizmatlar uchun chegirmalar, promokodlar taklif etilgan.

Shu bilan birga, Group-IB ma’lum qilishicha, kishilarning vahimachiligidan foydalanib qolishni istovchi xakerlarning ziyonkor kodli elektron maktublari juda ham ko‘payib ketmagan. 13 fevraldan 1 aprelgacha bo‘lgan muddatda aniqlangan umumiy xavfli jo‘natmalarning atigi 5 foizi shunaqa turda ekan.

Group-IB mutaxassislariga ko‘ra, xakerlar hozir ikki turga ajralgan: birinchi toifadagilar pandemiya ortidan boyib qolishni o‘ylashsa, ikkinchi turdagilar bunday vaziyatdan g‘araz maqsadda foydalanishmayapti.

O‘QING: Antiqa reyting: koronavirusdan kim ko‘proq daromad ko‘rdi?