Koronavirusga chalinganlarni parvarishlovchi hamshira-robot yaratildi (video)

  •   DiMaX
  •  289
  •  12.06.2021 13:11

Koronavirusga chalinganlarni parvarishlovchi hamshira-robot yaratildi (video)

Sofiya ismli robotni yaratgan xitoylik olimlar ommaga o‘zlarining yangi texnologiyasini namoyish etdi. Greyms nomini olgan robotdan sog‘liqni saqlash sohasida foydalanish ko‘zda tutilgan. Xususan, robotlashtirilgan hamshira koronavirusga chalingan bemorlar, shuningdek, keksalarni parvarish qiladi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Oila qurishni istagan robot – Saudiya fuqarosi Sofiya singilli bo‘ldi! (+video)

Yangi robot osiyoliklarga xos yuz chizgilariga ega bo‘lgan. Greymsning sochlari kashtan rangida. Tadqiqotchilar unga havorang hamshira formasini kiydirgan.

Robot tanasiga bemorning tana haroratini o‘lchashga qodir teplovizor joylashtirilgan. Shuningdek, Greyms ingliz tilida gapira oladi, xitoy tilining turli shevalarini biladi va sun’iy intellekt yordamida insonning sog‘lig‘iga tashxis qo‘ya oladi.

Olimlar mazkur robotni 2021 yilning avgustidan ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Bu pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlarining ishini yengillashtirishga xizmat qilishi kerak.

Mazkur gadjet narxi avvaliga qimmatbaho avtomobil narxida bo‘ladi, savdolar o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqach, Greyms ancha arzonlashishi kutilmoqda.

Avvalroq Xitoyda tish qo‘yishga qodir stomatolog-robot, Avstraliyada esa olma terishga qodir robot yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!