KUTILMAGAN VIDEO: 2018 yilgi eng arzon iPhone eng qimmat va qudratli Samsung flagmanini «yer tishlatdi»!

  •   DiMaX
  •  3421
  •  03.11.2018 13:31

KUTILMAGAN VIDEO: 2018 yilgi eng arzon iPhone eng qimmat va qudratli Samsung flagmanini «yer tishlatdi»!

Smartfonlarning tezkor xotira hajmlari tobora oshirilib, borgan sari ularga kuchli protsessorlar tatbiq etilib kelayotir. Xo‘sh, ularning amalda ahamiyati qanchalik o‘zi?

O‘QING: «Yirik «operativka»li smartfon — marketing aldovidir!»

PhoneBuff nomli YouTube-kanalda iPhone XR modeli bilan Galaxy Note 9 flagmanining tezkorligini taqqoslab ko‘rsatishdi. Aytish kerakki, ushbu ayfon joriy yilda Apple taqdim etgan smartfonlarning eng arzonidir. Lekin, tezkor xotirasidagi katta farqqa qaramasdan, ishlash samaradorligi bo‘yicha u Galaxy Note 9 fabletidan – Samsung’ning eng qimmat smartfonidan o‘zib ketgan!

Mana, quyidagi videoda bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:

Testda qo‘llangan iPhone XR modeli Apple A12 Bionic protsessoriga, 3 gigabaytlik tezkor xotiraga va iOS 12.0.1 operatsion tizimiga ega. Galaxy Note 9 esa Qualcomm Snapdragon 845 chipi hamda 8 gigabaytlik (ya’ni – raqibidan deyarli ikki yarim baravarga katta!) tezkor xotirali bo‘lib, Android 8.1 Oreo boshqaruvi ostida ishlaydi. Guvohi bo‘layotganingizdek, kupertinolikning bu yilgi eng arzon smartfoni janubiy koreyaliklarning eng baquvvat flagmanidan 2 millisoniyalik farq bilan oldinda!

Darvoqe, turli rusumlardagi Apple hamda Samsung smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn buyurtma orqali xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Eng kuchli Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu, 2018 yil noyabr): uchta yuksak o‘rin endi boshqa xitoylikka tegishli!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!