KUTILMAGAN VIDEO: Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi Mix Flex buklama smartfonini «jonli» tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1673
  •  04.01.2019 11:09

KUTILMAGAN VIDEO: Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi Mix Flex buklama smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Keyingi bir yil ichida qayishqoq ekranli, korpusi buklanuvchi smartfon yaratish borasida ko‘plab texnologik kompaniyalar harakat qilishmoqda. Samsung shunday qurilmasini ommaga ko‘rsatdi, lekin ungacha bir xitoylik kompaniya uloqni ilib ketgandi...

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Shuningdek, Xiaomi ham buklanuvchi mobil qurilma tayyorlayotgani haqida avvalroq yozgandik. Evan Blass nikli mashhur insayder allaqachon uning «jonli» videosini ham e’lon qildi!

Mana, birga tomosha qilamiz:

Xabarga ko‘ra, bu – Xiaomi ishlab chiqayotgan smartfon va planshet gibridi, ya’ni Mi Mix Flex’ning prototipidir.

O‘QING: Xiaomi buklama smartfoni – Mi Mix Flex narxi va jihatlari bilan ilk bor tanishamiz!

Yuqoridagi videodan kelib chiqsak, ushbu qurilma uchta qismdan iborat bo‘lib, ikki tomonidan ham «orqasiga» bukiladi. Shu tariqa, u yoyilgan holida planshet bo‘lsa, yig‘ilganida har ikki tomoni displeyli smartfonga aylanadi. Form-faktor o‘zgartirilishi bilanoq ekrandagi ilovalar va operatsion tizim interfeysi planshet rejimidan smartfon rejimiga o‘tadi.

Mazkur videoda aks ettirilgan gadjetning haqiqiyligi hozircha rasman tasdiqlangan emas. Ammo ekrandagi interfeysning MIUI 10 grafik qobig‘iga o‘xshab ketishini inobatga olsak, uning Xiaomi’ga tegishli ekanligi haqiqatga yaqinroq.

O‘QING: RASMAN: Redmi mustaqil brend bo‘lyapti, ilk smartfon taqdimoti – 10 yanvarda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.