Layklar evaziga Galaxy S10 Lite smartfonini yutib oling!

  •   DiMaX
  •  1003
  •  26.04.2021 17:54

Layklar evaziga Galaxy S10 Lite smartfonini yutib oling!

Mobiuz mobil operatori O‘zbekistonda ilk bor eSIM texnologiyasini ishga tushirganidan xabaringiz bor. Kompaniya endi Instagram foydalanuvchilari uchun «Mobiuz’dan eSIM haqida do‘stlaringizni xabardor qiling!» tanlovini e’lon qildi.

O‘QING: Mobiuz abonentlari va unga ulanmoqchi bo‘lganlar uchun ikkita xushxabar bor

Tanlov Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi mobiuz.uzbekistan (https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan) rasmiy akkauntida bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ishtirok etish uchun:

  • mobiuz.uzbekistan akkauntiga obuna bo‘ling;
  • tanlov postiga Like (yurakcha) qo‘ying;
  • post izohlarida 5 ta do‘stingizni belgilang.

Tanlov g‘olibi 2021 yilning 4 may kuni aniqlanadi va unga Galaxy S10 Lite smartfoni topshiriladi.

«Mobiuz’dan eSIM haqida do‘stlaringizni xabardor qiling!» tanlovining shartlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havola orqali operator saytiga o‘tasiz.

O‘QING: Yangi hamyonbop tarif rejalarini qarshi oling!