Leica bitta avtomobil narxida... oq-qora kamera taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  1400
  •  18.01.2020 10:26

Leica bitta avtomobil narxida... oq-qora kamera taqdim etdi!

Zamonaviy kamerofonlar sababli hozirda alohida kameralarga ehtiyoj qolmagandek tuyuladi. Masalan, DxOMark servisi turli smartfonlarning foto va video tasvirga olish imkoniyatlarini yuqori baholab kelayotir.

O‘QING: DxOMark kamerasi eng kuchli o‘yin smartfonini e’lon qildi

Lekin professional suratkashlar baribir fotokamera ishlatishadi; ularni ishlab chiqaruvchilar ham yangi-yangi modellarni taqdim etishmoqda. Eng mashhur kamerasozlardan biri – Leica esa kuni kecha juda antiqa yangi modelini namoyish qildi.

Leica M10 Monochrome deb nomlangan ushbu fotokamera, nomidan ham anglashilib turganidek, faqat monoxrom – oq-qora ranglarda suratga olishga yaraydi. Shunday bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchining ishtahasi karnay – bu kamerasini u naq 8295 AQSh dollariga narxlagan! Axir, bu pulga esa yap-yangi bitta mashina olsa bo‘ladi!

O‘QING: Qabr toshiga kamera o‘rnatish FBRga nimaga kerak bo‘lgan?

Garchi smartfonlarda allaqachon naq 256 megapiksellik kamera qo‘llana boshlagan bo‘lsa-da, Leica bu modeliga atigi 40 megapiksellik datchik o‘rnatgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, uni aynan oq-qora fotografiya uchun «noldan boshlab» yangidan loyihalashtirishgan: mazkur sensor keng dinamik diapazonga ega, unda yorug‘lik sezuvchanligini ISO 160-100 000 oraliqlarida tanlash mumkin.

Oq-qora s’yomka mavzusi Leica M10 Monochrome qiyofasida ham aks ettirilgan: uning korpusida an’anaviy qizil Leica logotipi yoki umuman birorta rangli detal yo‘q. Uni shovqinsiz zatvor, sensor displey, Wi-Fi interfeysi bilan ta’minlashgan. Yangi model Leica monoxrom kameralarining uchinchi avlodi bo‘lib, Leica Fotos servisini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mana, unda olingan suratga bitta misol:

Kompaniya vakillariga ko‘ra, Leica M10 Monochrome monoxrom sensori jahondagi eng zo‘r oq-qora rasmlarni taqdim etadi – birorta rangli fotokamera oq-qora formatga o‘tkazilganida bunchalik sifatga erisha olmaydi.

O‘QING: YouTube’da atigi bir oyda 1,6 million obunachi to‘plagan qiz barcha videolarini shu smartfonda olyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!