Maqtovli o‘yin, nihoyat, Android-qurilmalarga ham chiqdi: boshida bepul o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  1219
  •  18.06.2021 10:59

Maqtovli o‘yin, nihoyat, Android-qurilmalarga ham chiqdi: boshida bepul o‘ynang!

Geymerlarga ko‘proq ruscha – «Vedmak» nomi bilan tanilgan «Jodugar» o‘yinini polyak dasturchilari yaratishgan (originalida – «Wiedźmin», inglizchada – «The Witcher»). Uning bir necha versiyasi chiqqan bo‘lib, shulardan biri «Thronebreaker: The Witcher Tales» deb nomlangan.

O‘QING: Ommabop rolli o‘yin – «Jodugar»ni bepul va butunlay olib qo‘ying!

«Thronebreaker: The Witcher Tales» o‘yini ruschada «Krovnaya vrajda: Vedmak. Istori» (yoki «Vedmak. Istori: Krovnaya vrajda») – «Qonli qasos: Jodugar. Qissalar» deb nomlangan va 2018 yili taqdim etilgan. O‘shandan beri uni Windows, PlayStation 4, Xbox One, Nintendo Switch hamda iOS platformalariga chiqarishgan va o‘yin ko‘p maqtovlarga sazovor bo‘lgan.

Android tizimli gadjetlarga esa u endigina – 17 iyun kuni yetib keldi va o‘yinni mana bu havola orqali yuklab olish mumkin.

«Qonli qasos: Jodugar. Qissalar» o‘yinini o‘rnatib olgach, uni jami bir yarim soat mobaynida bepul o‘ynash imkoni beriladi. Ya’ni, o‘rnatilganidan keyingi 90 daqiqa ichida emas, balki bevosita o‘yinning o‘zida umumiy hisobda bir yarim soat vaqtni bepul o‘tkazish mumkin, keyin esa davom ettirish uchun uni xarid qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Yaxshi tomoni shundaki, geymerlar Thronebreaker: The Witcher Tales’ni kompyuter yoki konsollarda o‘ynab kelayotgan bo‘lsalar, ulardagi saqlab qo‘yilgan o‘yinlarini mobil variantga ko‘chira oladilar.

O‘QING: Bir oydayoq $264,5 mln keltirgan mobil o‘yin – PUBG Mobile yoki Roblox emas! (2021 yil, may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!