Meizu g‘alati e’lon tarqatdi: yangi smartfon taqdimotimi?

  •   DiMaX
  •  1115
  •  04.01.2019 12:33

Meizu g‘alati e’lon tarqatdi: yangi smartfon taqdimotimi?

O‘zining g‘ayrioddiy taqdimot taklifnomalari bilan tanilgan kompaniyalardan biri Meizu bo‘ladi. Masalan, 8 avgustdagi flagman smartfoni taqdimoti taklifnomasiga go‘sht qo‘shib tarqatgan bo‘lsa, Meizu Note 8 namoyishi chorloviga nimcha ham qo‘shib bergan.

O‘QING: Meizu ham buklama smartfon tayyorlayapti – u betakror konstruksiyaga ega!

Meizu kuni kecha tarqatgan e’longa ko‘ra, yaqin orada ushbu kompaniya qiziq bir yangi mahsulotini taqdim etmoqchi. Agarda ushbu ishlab chiqaruvchi so‘nggi flagmanini 2018 yil oktyabrda namoyish etganini hisobga olsak, bu mahsulot aynan smartfon bo‘lishini kutish o‘rinli.

O‘tgan oyda Meizu kompaniyasining noma’lum yangi smartfoni M923Q model raqami ostida sertifikatsiyadan o‘tgan edi. Manbalarga ko‘ra, uning taqdimoti 2019 yilning eng boshiga rejalashtirilgan. Ehtimol, yaqin orada ayni shuni ko‘rarmiz.

O‘QING: Xiaomi Redmi’lar «kushanda»si – Face ID va romsiz ekranli, hamyonbop Meizu C9 endi O‘zbekiston bozorida!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!