Mi Band 5’ning boshqalardan farqli 7 jihati va yangi rasmlari

  •   DiMaX
  •  1535
  •  09.06.2020 16:52

Mi Band 5’ning boshqalardan farqli 7 jihati va yangi rasmlari

Xiaomi o‘zining navbatdagi smart-brasleti – Mi Band 5 modelini 11 iyunda taqdim etayotgani haqida yozgandik. Endi esa kompaniya mazkur devaysning o‘z «ajdod»laridan farq qiladigan yettita xususiyati haqida poster chiqardi.

O‘QING: Ikkita Xiaomi smartfoni arzonlashdi, bittasining narxi 100 dollarga pasaydi!

Shunday qilib, Xiaomi Mi Band 5 quyidagilarga ega:

  1. Kattalashtirilgan rangli ekran
  2. Magnitli (kontaktsiz) quvvatlash qurilmasi
  3. NFC moduli
  4. Smartfon kamerasini masofadan boshqarish
  5. Yurak qisqarishlari chastotasini o‘lchovchi professional datchik
  6. 11 xil professional sport turini qo‘llab-quvvatlash
  7. Ayollarning hayz sikli nazorati

O‘QING: Xiaomi biryo‘la ikkita – Mi Band 5 hamda Mi Band 4C fitnes-bilaguzuklarini chiqaryapti

Xiaomishka nikli insayder esa Xiaomi Mi Band 5 fitnes-brasletining yangi posterlarini e’lon qildi.

Zamonaviy smartfonlardagi simsiz quvvatlash texnologiyasi kabi, Xiaomi Mi Band 5 ham kontaktsiz – magnitli zaryadlash uskunasidan quvvat oladi.

Xiaomi Mi Band 5 aqlli bilaguzugi 11 iyunda namoyish etilib, Xitoydagi savdolari 18 iyunda boshlanadi. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Redmi 9’ga allaqachon rasman buyurtma berish mumkin, narxi endi «joyiga tushdi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!