Mi Play’dan tashqari, 24 dekabrda Xiaomi yana Pinecone S2’ni ham taqdim etadi! (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  1394
  •  22.12.2018 17:19

Mi Play’dan tashqari, 24 dekabrda Xiaomi yana Pinecone S2’ni ham taqdim etadi! (+«jonli» surat)

Xiaomi korporatsiyasi o‘tgan yilning boshida o‘zining ilk protsessori – Pinecone S1 yoki Surge S1 deb ataluvchi chipini taqdim etgandi. Biroq ushbu protsessor uning bittagina smartfonida qo‘llangan, xolos.

O‘QING: Xiaomi’ning o‘z protsessoridagi ilk smartfoni – Mi5C tavsifi

Keyinchalik «xitoycha Apple» ikkinchi avlod – Surge S2 protsessorini ham tayyorlayotgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan, ammo ular mish-mish holida qolib ketgandi.

Bugun – 2018 yilning 22 dekabr sanasida kutilmaganda Xiaomi’ning yangi protsessori – Pinecone S2 haqida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi. Agar shu rost bo‘lib chiqsa, mazkur chip 24 dekabrda, Xiaomi Play (yoki Mi Play) smartfoni bilan birga taqdim qilinadi.

Lekin mana shu Xiaomi Play modelining o‘zi yangi – yakka kristalli Pinecone S2 bazasida ishlaydimi yoki yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum. TENAA ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yoshlarbop smartfon maksimal 2,3 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli chipga tayanadi.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Hali namoyish qilinmagan Xiaomi Mi Play’ni ilk bor fokusda ko‘ramiz!

Shu bilan birga, internetda hali ochilmagan Xiaomi Play qadoqlaridan yasalgan o‘ziga xos «archa»ning surati ham tarqaldi:

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Play modeli faqatgina o‘z vatanida sotilishi ehtimoli yuqori – boshqa mamlakatlarda uni rasman savdoga chiqarishmasa kerak. «Xitoycha Apple» jahon bozoriga taqdim etgan turli rusumlardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.