Microsoft: «Shu uchta davlat xakerlari AQSh saylovlariga aralashgan!»

  •   DiMaX
  •  737
  •  11.09.2020 15:45

Microsoft: «Shu uchta davlat xakerlari AQSh saylovlariga aralashgan!»

AQShning Microsoft kompaniyasi Rossiya, Xitoy va Eron xakerlari prezident Donald Tramp va uning demokrat raqibi Jo Baydenning saylovoldi shtabiga hujum qilganini xabar bermoqda. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Maxsus prokuror Robert Myullerning 2016 yilgi saylovlarga aralashish to‘g‘risidagi hisobotida paydo bo‘lgan rus guruhi faoliyat yuritmoqda, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Milliy xavfsizlik agentligi vakili AQShning to‘rtta mamlakat xakerlaridan qo‘rqishini aytdi, bular...

«So‘nggi haftalarda Microsoft yaqinlashib kelayotgan prezident saylovlarida ishtirok etayotgan odamlar va tashkilotlarga qarshi kiberhujumlarni, shu jumladan Tramp va Bayden shtab-kvartirasi bilan bog‘liq odamlarga qilingan muvaffaqiyatsiz hujumlarni aniqladi», – dedi foydalanuvchi xavfsizligi bo‘yicha Microsoft vitse-prezidenti Tom Burt blogdagi postida.

Korporatsiya Rossiyadan «Stronsiy» nomli guruh faoliyat yuritganini da’vo qilmoqda. Aytishlaricha, u 200 dan ortiq tashkilotga, shu jumladan nomzodlar shtab-kvartirasi, nodavlat tashkilotlar, partiyalar va siyosiy maslahatchilarga hujum qildi. XXRdan janob Baydenning shtab-kvartirasi bilan bog‘liq taniqli odamlarga hujum qilgan «Sirkoniy» guruhi harakat qilgan. Eronning «Fosfor» guruhi Trampning shtab-kvartirasi bilan bog‘liq shaxsiy hisob raqamlariga hujum qilgani aytilmoqda.

10 sentyabr kuni AQSh Moliya vazirligi uch rossiyalik va bitta ukrainalikka qarshi sanksiyalar joriy etdi. Ular Amerika saylovlariga aralashishda ishtirok etgani aytilmoqda. Amerika hukumati Rossiya tomoni AQSh prezidentligiga nomzodlarga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Microsoft Rossiyani bo‘lajak AQSh saylovlariga aralashishda ayblagan edi. Korporatsiya fikriga ko‘ra, Rossiya hukumati bilan aloqador bo‘lgan xakerlar Amerika siyosatchilari uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan soxta saytlarni yaratganlar.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!