MIUI 11 tizimli Mi Max 4 fableti atigi 250 dollardan sotuvga chiqadi!

  •   DiMaX
  •  2028
  •  07.02.2019 16:30

MIUI 11 tizimli Mi Max 4 fableti atigi 250 dollardan sotuvga chiqadi!

Xiaomi kompaniyasining Mi Max turkumi – katta displeyga ega, lekin hamyonbop smartfonlardir. Ushbu seriyadagi Mi Max 3 modeli chiqqach, uning «Pro» versiyasi ham kutilayotgan edi, lekin...

O‘QING: Xiaomi Mi Max 3 Pro haqidagi rasmiy xabar millionlab kishilarning hafsalasini pir qildi

Internetda tarqalayotgan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi endi Mi Max 4 ustida ishlamoqda. Insayderlar uning joriy yil ikkinchi choragida savdoga chiqarilishini aytishmoqda. To‘g‘ri, uni apreldayoq kutishimiz noto‘g‘ri, ammo iyunning oxirigacha bozorga taqdim etilsa kerak.

Eng qizig‘i esa uning narxidir: Mi Max 4’ning tezkor xotirasi 4 GB, doimiy xotirasi esa 64 GB bo‘lgan boshlang‘ich konfiguratsiyadagi varianti 250 dollarga baholanadi! Uning boshqa variantlari bundan qimmatroq bo‘lsa-da, baribir Xiaomi o‘z mahsulotlariga «insof doirasida» narx belgilashi ma’lum.

O‘QING: Mi Max 4 – hali taqdim etilmagan «mobil kinoteatr»: surati, xususiyatlari, taqdimot vaqti va narxi ma’lum!

Mazkur smartfonning ekrani diagonaliga 7,2 dyuymlik bo‘lib, ustiga beshinchi avlod Corning Gorilla Glass himoya shishasi yotqiziladi. Uning displeyiga barmoq izi skaneri ham integratsiya qilinadi.

Xiaomi Mi Max 4 modelining «elektron yuragi» sifatida esa Qualcomm Snapdragon 720 protsessori xizmat qiladi. Tasvirlarni tezkorlik bilan qayta ishlashda unga Adreno 616 grafik chipi ko‘makka keladi. Shuningdek, keyingi paytda smartfonsozlikda urfga kirayotgan 48 megapiksellik optik sensorni Xiaomi ushbu modelida ham qo‘llaydi.

Fabletning 5800 mA/soatlik akkumulyatorini 18 vattlik tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Xiaomi ushbu modelini Android 9.0 Pie operatsion tizim talqini bazasida ishlab chiqilgan MIUI 11 grafik qobig‘i bilan taqdim etadi.

O‘QING: BUNAQASI BO‘LMAGAN: Xiaomi ekrani bir necha «tirqish»li smartfonlar tayyorlayapti! (+foto)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.