MIUI 11’dagi yangi funksiya Xiaomi smartfonlari egalarining hayotini saqlab qolishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  2186
  •  21.09.2019 14:54

MIUI 11’dagi yangi funksiya Xiaomi smartfonlari egalarining hayotini saqlab qolishi mumkin!

MIUI 11 grafik qobig‘i 24 sentyabrda, Xiaomi Mi Mix Alpha, Mi 9 Pro 5G smartfonlari hamda Xaomi Mi TV Pro 8K televizorlari bilan birga taqdim etiladi. Ushbu dasturiy ta’minotning ayrim yangi jihatlari esa kam-kamdan oshkor etilib kelmoqda.

O‘QING: Bugun MIUI'ning tug‘ilgan kuni! U necha yoshga to‘ldi?!

Yangi grafik qobiqning o‘ziga xosliklaridan biri insonlar hayotini saqlab qolishga mo‘ljallangan funksiyadir. Ya’ni, zilzila xavfi haqida ma’lumot paydo bo‘lishi bilan MIUI 11 boshqaruvi ostida ishlovchi smartfon bu haqda o‘z egasini ogohlantiradi.

Xiaomi’ning mahsulotlar bo‘yicha direktori hamda MIUI grafik qobig‘ining bosh menejeri mazkur funksiyaning paydo bo‘lishini Weibo tarmog‘i orqali rasman tasdiqlagan. «Foydalanuvchilarimizning hayoti va faoliyatidan tashqari, biz har birining shaxsiy xavfsizligini ham o‘ylaymiz. Shuning uchun biz o‘z mahsulotimizga zilzila haqida ogohlantirishni qo‘shdik».

O‘QING: MIUI 11 nimalarga qodir: Xiaomi mas’ul xodimi rasman ma’lum qildi

Kompaniya buning uchun zilzila haqida ma’lumotlarni o‘rganuvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, ulardagi axborotga MIUI tizimi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni joriy etmoqda. Natijada Xiaomi smartfonlari egalari bunday xavf tug‘ilishi bilanoq bildirishnoma oladilar.

Zilzila xavfidan ogohlantiruvchi bildirishnoma Xiaomi smartfoni ekraniga qalqib chiqadi va uning budilnigi jaranglaydi. Shu bilan birga, u ayni damda favqulodda holatlarda yashirinish mumkin bo‘lgan eng yaqin himoyagohlar haqida, qutqaruv va tibbiy xizmatlarning kontakt ma’lumotlari to‘g‘risida ham ma’lumot beradi.

Mazkur funksiya Xitoydan tashqarida ham ishlaydimi-yo‘qmi, MIUI 11 yana qanday yangi imkoniyatlar taklif etadi – bular haqida taqdimotda gapirib berishadi, bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: MIUI 11 tayyor bo‘lyapti, unga yangilanuvchi va yangilanmaydigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.