Mushtday ham chiqmaydigan x86-protsessorli kompyuter taqdim etildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  901
  •  22.10.2019 15:59

Mushtday ham chiqmaydigan x86-protsessorli kompyuter taqdim etildi! (+video)

Ko‘p yillardan beri ofis hamda o‘yin kompyuterlari 86 bitlik arxitekturali protsessorlar bazasida yaratilmoqda. Biroq mobil hamda modulli kompyuterlar borasida vazit o‘zgacha – ularda ARM arxitekturali chipsetlar qo‘llanadi.

O‘QING: x32(x86) va x64 protsessorlari haqida bilasizmi?

Xitoyning iLife kompaniyasi esa HKDTC ko‘rgazmasida x86 protsessoriga hamda Windows 10 tizimli stol mini-kompyuterini namoyish qildi. Hozirda mazkur qurilmani iLife MP8 Micro PC deb atashmoqda, ammo uning tijoriy nomi boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin.

Ushbu mini-kompyuter Gemini Lake turkumidagi to‘rt yadroli Intel Celeron N4100 protsessori bazasiga qurilgan. Uning 4 gigabaytlik tezkor va 64 gigabaytlik ichki xotirasi, shuningdek, kichkina ventilyatori bor – bo‘ldi!

O‘lchamiga ko‘ra u Intel NUC gadjetidan to‘rt baravar kichik. Mana, bu kompyuterdan ikkitasi bitta kaftga bemalol o‘rnashganini ko‘ring:

Kompyuterning orqa panelida bittadan USB Type-C hamda HMDI, ikkita USB 3.0 portlari mavjud. Korpusning yon tomonida microSD xotira kartalari uchun kartrider hamda quloqchin uchun 3,5 millimetrlik audiotirqish ko‘zga tashlanadi. Oldida esa faqat kompyuterni o‘chirish-yoqish tugmachasi bor.

Xaridorlarga iLife MP8 Micro PC mini-kompyuteri metall hamda plastik korpuslarda taklif etiladi. Biroq uning sotuvga chiqish vaqti hamda narxi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avval Q-Stick – 8 GB «operativka»li kompyuter-brelok haqida, shuningdek, eng mitti – 1x1 millimetrlik IBM nano-kompyuteri to‘g‘risida ham xabarlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Collapse OS – «Oxirzamon operatsion tizimi» yaratildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!