Naq 400 dollarga arzonlashgan buklamafon AQShdan tashqari bozorga ham chiqyapti

  •   DiMaX
  •  676
  •  15.02.2021 13:02

Naq 400 dollarga arzonlashgan buklamafon AQShdan tashqari bozorga ham chiqyapti

Microsoft kompaniyasi 2019 yili qo‘sh ekranli Surface Duo smartfonini rasman namoyish etgan. Keyin esa u sotuvga chiqiboq 200 dollarga arzonlashgan edi.

O‘QING: Samsung smartfonlari egalariga Microsoft’dan xushxabar bor!

Microsoft buklamafonning narxini yanada pasaytirgan – Surface Duo endi 999 dollardan sotilyapti. Uning savdosi boshlangan paytidagi dastlabki narxi 1400 dollar ekanligini hisobga olsak, oradagi farqining o‘ziga bitta o‘rtacha smartfon olish mumkin!

Ushbu smartfon hozirgacha faqat AQSh bozoriga taqdim etilgan edi; nihoyat, Microsoft uni boshqa mamlakatlarda ham sotishga qaror qildi. Surface Duo keyingi haftadanoq, aniqrog‘i – 18 fevral kuni Kanada hamda bir qator Yevropa mamlakatlari bozoriga chiqadi.

Biroq yevropaliklar uchun 400 dollarlik arzonlashuv amal qilmaydi – u yerda AQShdagidan ko‘ra yuqoriroq narxlar belgilangan. Masalan, Buyuk Britaniyada Surface Duo uchun 1349 funt sterling to‘lashga to‘g‘ri keladi, bu esa salkam 1875 dollarga teng narx! Germaniyada esa buklamafon uchun 1549 yevro so‘rashadi; bu yanada qimmat – deyarli 1880 AQSh dollariga teng keladi.

O‘QING: Microsoft patentlashtirgan «marhumlarni tiriltirish» texnologiyasi nimasi bilan xavfli?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.