Narxlarni solishtiramiz: iPhone SE 2 qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

  •   DiMaX
  •  1994
  •  27.04.2020 12:51

Narxlarni solishtiramiz: iPhone SE 2 qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Apple o‘zining iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) smartfonini 24 apreldan savdoga chiqargan. Shungacha sinab ko‘rgan jurnalist va blogerlar o‘z videotavsiflarida uni «hamyonbop blokbaster» deya maqtashgan, lekin...

O‘QING: iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Kuzatuvchilar ikkinchi avlod iPhone SE uchun ayrim mamlakatlarda qanday narxlar belgilanganini taqqoslab ko‘rishdi. Bunda uning faqat boshlang‘ich konfiguratsiyadagi – ichki xotirasi 64 gigabayt bo‘lgan varianti hisoblangan hamda tushunarli bo‘lishi uchun narxlari AQSh dollarida ham berilgan.

  1. AQSh – $399
  2. Rossiya – 39 990 rubl (taxminan $537)
  3. Kanada – CAD 599 (taxminan $427)
  4. Avstraliya – AUD 749 (taxminan $484)
  5. Germaniya – €479 (taxminan $520)
  6. Fransiya – €489 (taxminan $530)
  7. Italiya – €499 (taxminan $541)
  8. Buyuk Britaniya – £419 (taxminan $537)
  9. BA – AED 1,699 (taxminan $463)
  10. Gonkong – HKD 3,399 (taxminan $437)
  11. Xitoy – CNY 3,299 (taxminan $466)
  12. Hindiston – INR 42,500 (taxminan $557)

Ko‘rib turganingizdek, o‘z vatanidan tashqari, iPhone SE 2 smartfoni Kanada va Gonkongda nisbatan arzon ekan. Rossiyada uning narxi Yevropadagi bilan deyarli bir xil bo‘lsa, hindistonliklarning bu borada omadi kelmagan.

O‘QING: Smartfon ishlatish umrimiz davomida bizga qanchaga tushadi?