Nihoyat, O‘zbekistonda to‘rt oy deganda Facebook va YouTube ishlab ketdi!

  •   DiMaX
  •  1369
  •  15.01.2019 12:11

Nihoyat, O‘zbekistonda to‘rt oy deganda Facebook va YouTube ishlab ketdi!

Mamlakatimizda 2018 yilning kuzidan, aniqrog‘i – sentyabr oyi boshidan Facebook ijtimoiy tarmog‘i ochilmay qolgandi. Shuningdek, o‘tgan yilning 4 oktyabridan yurtimizda YouTube videoxostingi ham ishlamay qolgandi.

O‘QING: Facebook va YouTube muammolari faqat bizda, deysizmi? Mana, qo‘shnilarga qarang...

Bugun – 2019 yilning 15 yanvaridan ushbu ikkala sayt ham O‘zbekistonda bemalol ishlay boshladi. Endi Facebook’ka ham, YouTube’ga ham VPN servislarisiz kirishingiz mumkin!

Balki internet foydalanuvchilari sezishgandir – yurtimizda umuman barcha provayderlarning internet ulanishlarida uzilish va sifat pasayishlari kuzatildi. Ehtimol, ayni shu paytlarda O‘zbektelekom internetga ulanish moslamalarini yoki ularning sozlamalarini o‘zgartirgandir – hozircha bu borada rasmiy izoh yo‘q.

O‘QING: Mutaxassis minbari: 2019 yili O‘zbekistonda internet tezligi oshadimi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.