Nihoyat, Qualcomm Snapdragon 855 protsessori taqdim etildi va AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1484
  •  05.12.2018 10:07

Nihoyat, Qualcomm Snapdragon 855 protsessori taqdim etildi va AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Qualcomm kompaniyasi nihoyat uzoq kutilgan navbatdagi flagman protsessorini taqdim etdi. Yangi chipset ko‘pchilik xabarlarda aytilganidek Snapdragon 8150 emas, balki nomlanish tartibi bo‘yicha – Snapdragon 855 deb ataldi.

O‘QING: Snapdragon 8150 protsessorli Meizu 16s flagmani ilk suratda!

Aytish kerakki, Snapdragon 855 beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ilk yakka kristalli platformadir. Uning jamlanmasiga ikki yil avval taqdim qilingan Snapdragon X50 rusumli 5G-modem kiritilgan.

Qualcomm yangi protsessorning taqdimot marosimida gapni “sun’iy ong” tizimidan boshladi. Shuningdek, Snapdragon 855 chipi ekran ostiga joylanuvchi ultratovushli barmoq izi skanerini apparat darajasida qo‘llab-quvvatlovchi ilk protsessor ham hisoblanadi.

Bulardan tashqari, Qualcomm o‘yinlarga ham e’tibor qaratib, Elite Gaming haqida gap ochgan, ammo uni batafsil izohlamagan. Umuman olganda, mazkur taqdimot asosan 5G texnologiyalariga bag‘ishlangan va Snapdragon 855 haqida bugun batafsil ma’lumot berishni va’da qilgan.

O‘QING: Snapdragon 8150 flagman protsessori AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

Ammo mazkur chipsetning imkoniyatlarini AnTuTu kompaniyasi fosh etdi. Ushbu benchmarkda Snapdragon 855’ni boshqa yakka kristalli ilg‘or protsessorlar – Snapdragon 845, Exynos 9820 va Kirin 980 bilan taqqoslab sinab ko‘rishdi.

Umumiy hisobda protsessorlarning samaradorligi quyidagicha ekanligi ayon bo‘ldi: Snapdragon 855, Exynos 9820, Kirin 980 va Snapdragon 845. Ular benchmarkda tegishlicha 343051, 325067, 309425 hamda 290455 ball oldilar.

Shuningdek, Snapdragon 855 markaziy va grafiy chiplarning testida raqiblaridan ancha tezkor ekanini namoyish etgan.

O‘QING: Geekbench’da keyingi avlod – Snapdragon 8150 flagman protsessorini tekshirib ko‘rishdi!