Nihoyat, Xiaomi Mi 9 flagmanining birinchi «jonli» surati e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  1937
  •  02.02.2019 16:57

Nihoyat, Xiaomi Mi 9 flagmanining birinchi «jonli» surati e’lon qilindi!

Bugungi kungacha Xiaomi kompaniyasining navbatdagi flagman smartfoni haqida juda ko‘p turli ma’lumotlar va render suratlar internetda tarqalgan. Ammo hozirgacha Mi 9’ning birorta ham «jonli» rasmi yo‘q edi.

O‘QING: Yashiradigan joyi qolmadi: Xiaomi Mi 9’ning barcha xususiyatlari bilan to‘liq tanishamiz!

Nihoyat, ushbu mavhumlikka chek qo‘yildi – Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xiaomi Mi 9 surati e’lon qilindi! Mazkur «jonli» rasmda hali taqdim etilmagan flagmanni ushlab olgan kishi unda berilib video ko‘ryapti yoki o‘yin o‘ynayapti:

Ko‘rib turganingizdek, Mi 9 o‘lchamlari o‘z «ajdod»i – Mi 8 modeliga teng yoki undan ham kattaroq. Garchi bosh kamera blogi barmoq ortida qisman yashirinib qolgan bo‘lsa-da, uning ham hajmidan uch modulli ekanligini anglash qiyin emas. Mi 9 orqa paneli shishadan ishlangan – bu esa uning simsiz quvvat olishi mumkinligidan dalolat.

Xiaomi ushbu flagmanini mana shu oyning o‘zidayoq taqdim etishi kutilmoqda. Kompaniyaning ko‘plab rusumlardagi boshqa smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Mi 8 flagmaniga «sig‘may qolgan» muhim bir jihat Mi 9’da bo‘ladi!