Nokautmi, nokdaunmi? ZTE’ning ahvoli haqida

  •   Saroy
  •  1140
  •  14.06.2018 14:52

Nokautmi, nokdaunmi?  ZTE’ning ahvoli haqida

Bugundan boshlab, Xitoyning  ZTE kompaniyasi AQShda bundan bir necha oy to‘xtatib qo‘yilgan faoliyatini qayta boshladi va birja savdolarida ham ishtirok etmoqda.

Iyun oyida ZTE o‘ziga qo‘llanilayotgan sanksiyani bekor qilish bo‘yicha AQShning sanoat va xavfsizlik Byurosi (Bureau of Industry and Security (BIS) bilan   kelishuvga erishdi. Eslatib o‘tamiz, Eron va KXDRga iqtisodiy va moliyaviy jazo qo‘llanilishi sharoitida ushbu davlatlar  bilan savdo amaliyotini o‘tkazgani uchun  ZTE’ga yetti yil davomida amerikalik ishlab chiqaruvchilardan detallar va dasturiy ta’minotlar sotib olish ta’qiqlangan edi.

O‘QING: ZTE Nubia Z18 flagmani «jonli» rasmlarda: displeyi «o‘yiq»li, ammo iPhone X’dagidan farq qiladi!

Hozir bu ta’qiq bekor qilindi, biroq ayrim shartlar evaziga, albatta. 

Birinchidan, Xitoy kompaniyasi 1,4 milliard  dollar to‘laydi. Yana 1 milliard jarima ham. Bundan tashqari, kelgusida yana qonun buzilishi ehtimoliga qarshi, kompaniyaning 400 million dollari 10 yil davomida bank hisobida muzlatib qo‘yiladi.  Agar  10 yil davomida «ayb» ish qilib qo‘ymasa — ZTE’ga ushbu  400 million dollar qaytarib beriladi.

Pullar  bir necha oy davomida o‘tkazilishi kerak

 Ikkinchidan, bir oy ichida kompaniya rahbariyatni ishdan bo‘shatib, direktorlar kengashining yangi tarkibini saylashi kerak.

O‘QING: Xitoylik yirik smartfonsoz faoliyatini yakunlamoqda, Huawei navbatda turibdi

Uchinchidan, yaqin 10 yil davomida AQSh hukumati Xitoy ishlab chiqaruvchisini kuzatib boradi. Shu maqsadda tekshiruvlar o‘tkazilib turiladi, maxsus mustaqil vakil ishlab chiqarishdagi vaziyat haqida hisobot berib boradi.

Sanksiya qo‘llangan davrda ZTE’ning oddiy aksiyalari Gonkong birjasida 41 foizga arzonlashib ketdi, Shenchjen birjasida ham 10 foiz tushgan. Natijada  ZTE  3 mlrd AQSh dollar qiymatidagi kapitallashuvni qo‘ldan boy bergan. Sanksiyaga qadar kompaniyaning bozor kapitallashuvi 20 mlrd AQSh dollari darajasida edi.

O‘QING: ZTE biryo‘la ikkita «kemtik»li ekranga ega smartfon chiqaradi