Nokia’ning sirli smartfoni sertifikatsiyadan o‘tdi – u Bluetooth 5.0 moduliga ega!

  •   DiMaX
  •  705
  •  05.11.2018 14:04

Nokia’ning sirli smartfoni sertifikatsiyadan o‘tdi – u Bluetooth 5.0 moduliga ega!

Bluetooth SIG sertifikatsiyalash byurosining ma’lumotlar bazasida HMD Global kompaniyasining Nokia brendi ostidagi noma’lum smartfoni «ko‘zga tashlandi». Bu yerda TA-1136 model raqami bilan ro‘yxatga olingan qurilma Bluetooth 5.0 moduli bilan ta’minlangan.

O‘QING: 4G’da ham ishlaydi: Nokia yana bir yangi tugmachali telefon chiqarmoqda

Afsuski, sertifikatsiya bu smartfonning boshqa xususiyatlarini oshkor etmagan.

Taxminlarga ko‘ra, bu qurilma Nokia X7 smartfonining xalqaro bozorga mo‘ljallangan versiyasi – Nokia 7.1 Plus bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu modelni Nokia 8.1 deb nomlanishi ham mumkinligini aytishayotir.

O‘QING: 245 dollarlik Nokia X7 (yoki Nokia 7.1 Plus) taqdim etildi: Android 9.0 Pie tizimli va Snapdragon 710 chipli!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.