Nostandart dizaynli Galaxy A70s: rasmiy suratlari, narxi va boshqa jihatlari

  •   DiMaX
  •  6616
  •  23.09.2019 10:47

Nostandart dizaynli Galaxy A70s: rasmiy suratlari, narxi va boshqa jihatlari

Samsung avvalroq ikkita 32 megapiksellik kamera moduliga ega Galaxy A70 modelini namoyish qilgandi. Endi esa uning yangicha versiyasi – Galaxy A70s smartfonini shu kunlarda taqdim etishi kutilmoqda.

O‘QING: «O‘nta qo‘y nima bo‘ladi!?» – Samsung yana kamida to‘rtta modelda Galaxy A smartfoni tayyorlayapti

To‘g‘ri chiquvchi prognozlari bilan tanilib qolgan informator Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘zining Twitter-profilida Samsung Galaxy A70s haqidagi yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda smartfonning TENAA regulyatori bazasidan olingan suratlari oshkor etilgan.

Suratlarga qaraganda, mazkur modelning orqa paneli standart bo‘lmagan tusga ega:

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung ushbu devaysiga Snapdragon 675 protsessorini o‘rnatmoqda. Galaxy A70s janubiy koreyaliklarning 64 megapiksellik kamerali ilk smartfoni bo‘lishi kutilmoqda.

Samsung Galaxy A70s ekrani diagonaliga 6,7 dyuymlik, tasvir aniqligi Full HD+ formatida bo‘ladi. Uning «ajdod»i – Galaxy A70 (sotib olish) modelida akkumulyator 4500 mA/soatlik bo‘lsa, yangi smartfonda bu ko‘rsatkich 5000 mA/soatga yetkazilgan.

O‘QING: Galaxy M30s taqdim etildi: eng sig‘imdor batareyali arzon Samsung smartfoni

Uch modulli kamera blogi orqa panel yuzasidan sal bo‘rtib chiqib turadi. Smartfonni yoqish/o‘chirish hamda ovozini balandlatish-pastlatish tugmachalari odatdagidek – korpusning o‘ng qirrasida joylashgan. Pastki qirrada esa standart – 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi hamda zamonaviy USB-C porti mavjud.

Galaxy A70s shu oyning oxirida yoki oktyabrning boshida Hindistonda taqdim etilishi kutilmoqda, uning narxi esa taxminan 460 AQSh dollariga teng bo‘ladi. Hozirgacha global bozorga chiqqan bir qator Samsung telefonlarini esa allaqachon 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Samsung’ning yangi avlod eng arzon smartfoni – Galaxy M10s ham chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.