Nufuzli tashkilotlar eng zo‘r 12 smartfonni e’lon qildi (2019 yil, noyabr)

  •   DiMaX
  •  4369
  •  08.11.2019 17:45

Nufuzli tashkilotlar eng zo‘r 12 smartfonni e’lon qildi (2019 yil, noyabr)

Rossiya Federatsiyasining sifat nazoratiga ixtisoslashgan «Roskachestvo» tashkiloti ayni damgacha bozorga chiqqan smartfonlar reytingini yangiladi. Ushbu ro‘yxat ICRT (International Consumer Research & Testing Ltd) tashkiloti bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida shakllantirilgan.

O‘QING: AnTuTu ikkita reyting chiqardi: eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar (2019 yil, oktyabr)

Bu gal Rossiyadagi eng yaxshi smartfonlar qatorida bir nechta yangi modellar, jumladan – o‘n birinchi avlod iPhone’lar, Samsung Galaxy Fold hamda Xiaomi Mi 9T Pro ham tekshirib ko‘rilgan. Ularni tekshirish usullari va tadqiqotning boshqa tafsilotlari bilan «Roskachestvo» saytida tanishish mumkin.

Tashkilot hammasidan ham iPhone 11 Pro Max modeliga alohida e’tior qaratgan. Garchi DxOMark testida ikkita xitoycha flagmanga mag‘lub bo‘lgan esa-da, «Roskachestvo» reytingida u 4,327 ball bilan eng yuqori o‘rinni egallagan. Qizig‘i – bu tekshiruv natijalarida uning aynan o‘sha kamerasi va samaradorligi maqtalgan.

O‘QING: Eng kuchli yigirmata smartfon (Master Lu, 2019 yil oktyabr reytingi)

Shunday qilib, «Roskachestvo»ning eng zo‘r flagmanlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlarni faqat uch nafar yetakchi smartfonsoz – Apple, Samsung hamda Huawei mahsulotlari egallagan:

  1. iPhone 11 Pro Max (Sotib olish) – 4,327 ball;
  2. Samsung Galaxy S10+ (Sotib olish) – 4,229 ball;
  3. Samsung Galaxy Note 10+ – 4,224 ball;
  4. iPhone 11 Pro (Sotib olish) – 4,2 ball;
  5. Samsung Galaxy S10 (Sotib olish) – 4,193 ball;
  6. Samsung Galaxy Note 10 (Sotib olish) – 4,158 ball;
  7. Samsung Galaxy Note 9 (Sotib olish) – 4,134 ball;
  8. iPhone XS Max – 4,12 ball;
  9. Huawei P30 (Sotib olish) – 4,115 ball;
  10. Samsung Galaxy S10e – 4,111 ball;
  11. iPhone XS (Sotib olish) – 4,076 ball;
  12. Huawei P30 Pro (Sotib olish) – 4,061 ball.

Bulardan tashqari, ushbu testlarda iPhone 11 (Sotib olish) modeli 3,997 ball, Samsung Galaxy Fold buklamafoni 3,972 ball, Xiaomi Mi 9T Pro esa 3,848 ball olgan.

O‘QING: Flagman ikkinchi marta hafsalani pir qildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!