OnePlus atigi 10 daqiqada quvvatlanib, 10 soat ishlovchi devays chiqardi! (+video)

  •   DiMaX
  •  634
  •  16.04.2020 12:41

OnePlus atigi 10 daqiqada quvvatlanib, 10 soat ishlovchi devays chiqardi! (+video)

Yaqinda o‘zining OnePlus 8 hamda OnePlus 8 Pro rusumli flagman smartfonlarini taqdim etgan xitoylik kompaniya yana bir gadjet namoyish etdi. Bu – Bullets Wireless Z rusumli simsiz quloqchindir.

O‘QING: Razer eng antiqa simsiz quloqchinni chiqardi – bitta smartfon narxida!

OnePlus Bullets Wireless Z modelining asosiy o‘ziga xosligi – kompaniyaning Warp Charge tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashidir. Shuning evaziga mazkur aksessuar bor-yo‘g‘i 10 minutda to‘playdigan zaryad naq 10 soat musiqa tinglashga yetadi! To‘liq quvvatlagandan so‘ng esa quloqchinning avtonomligi 20 soatga boradi!

Quloqchinda 9,2 millimetrlik dinamik drayverlar mavjud va, OnePlus’ning ta’kidlashicha, ular boy va to‘yingan ovoz yangrashini ta’minlaydi. Aksessuarning har bir pallasi sirtida yashirin magnit bor – ularni o‘zaro yopishtirib qo‘yib, quloqchinni bo‘yinda olib yurish qulay bo‘lishi uchun.

Bullets Wireless Z smartfonga bog‘lanish uchun Bluetooth 5.0 interfeysidan foydalanadi. OnePlus uning korpusini IP55 standartiga ko‘ra namdan himoyalagan – yomg‘ir suvi yoki sport bilan shug‘ullanish jarayonida ter tomchilari kirishidan cho‘chimasangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: Quloqchindan ehtiyot bo‘ling – Nukusda u o‘smirning o‘limiga olib keldi!

OnePlus yangi quloqchiniga bag‘ishlab tayyorlagan rasmiy qideolavhani ko‘ramiz:

Bullets Wireless Z to‘rt xil – qora, ko‘k, oq-sarg‘ish va yalpiz rangli korpuslarda, 50 dollardan sotiladi.

O‘QING: Ikki ming dollarlik smartfon nimasi!? Sony’ning yangi SIMLI quloqchini shuncha turadi-yu...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!