Operator birdaniga ikkita ommabop xizmatiga chegirma e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1863
  •  15.10.2020 16:42

Operator birdaniga ikkita ommabop xizmatiga chegirma e’lon qildi!

Kuni kecha «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi o‘zining GSM tarmog‘idagi (UZMOBILE milliy operatori) abonentlari uchun taqdim etgan bir xizmatiga cheklovlar kiritgan edi. Endi esa u biryo‘la ikkita xizmatida chegirmalar joriy etdi.

O‘QING: Mobil operator 90%gacha boruvchi «QAYNOQ ChEGIRMALAR» muddatini oktyabrning oxirigacha uzaytirdi!

Uztelecom o‘z rasmiy sayti orqali ma’lum qilishicha, 2020 yilning 15 oktyabridan 16 noyabrigacha bo‘lgan davrda GSM abonentlari «TUNGI INTERNET» xizmatidan arzonlashtirilgan narxlarda foydalanishlari mumkin:

«TUNGI INTERNET» xizmatining shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali kompaniya saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!

Chegirma e’lon qilingan ikkinchi xizmat esa «FOYDALI ALMAShINUV» bo‘lib, unda abonentlar tarif rejasiga ko‘ra foydalanilmay qolgan limit qoldiqlarini zarur bo‘lgan MB yoki daqiqalarga almashtirishlari mumkin. Masalan – qo‘ng‘iroq daqiqalarini megabaytlarga yoki aksincha.

Xabarga ko‘ra, «FOYDALI ALMAShINUV» xizmati uchun ham chegirmalar 15 oktyabrdan to 10 dekabrga qadar davom etadi. Uning shartlari esa mana bu yerda batafsil bayon etilgan.

O‘QING: Uyali aloqa operatori yana bitta arzon tarifini yopyapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!