Oppo barchani dog‘da qoldirib, ekranosti kamerali ilk smartfonni namoyish etyapti!

  •   DiMaX
  •  1010
  •  19.06.2019 17:17

Oppo barchani dog‘da qoldirib, ekranosti kamerali ilk smartfonni namoyish etyapti!

Joriy oyning boshida Xiaomi kompaniyasi Mi 9 (sotib olish) smartfoniga displeyi ostiga yashirilgan old kamerani «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatgandi. Yana bir smartfonsoz – Oppo ham shu kuniyoq aynan shunday texnologiyaga ega smartfon prototipining «jonli» videosini tarqatdi.

O‘QING: Oppo dunyodagi ilk - ham bukiluvchan, ham kamerasi korpusdan chiquvchi smartfonni patentladi! (+Render)

Keyingi haftada, ya’ni 26–28 iyun kunlari Shanxay shahrida Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Oppo uning birinchi kunida o‘sha – selfi-kamerasi ekran ostiga yashirilgan smartfonini taqdim etmoqchi. Bu haqdagi tizerni kompaniya o‘zining Twitter sahifasida e’lon qildi.

Oppo vitse-prezidenti Brayan Shen (Brian Shen) yaqinda Weibo tarmog‘ida shu texnologiya haqida post yozgandi. Uning ta’kidlashicha, mazkur bosqichda ekranosti kamera oddiy kameralarga taqqoslaganda ayrim kamchiliklarga ega.

Shunga qaraganda, Oppo’ning mazkur ishlanmasi hali ommaviy ishlab chiqarishga tayyor bo‘lmasligi ham mumkin. Lekin nima bo‘lganda ham, 26 iyunda kompaniya namoyish etadigan texnologiya qiziq bo‘ladi – voqealar rivojini Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Redmi, Huawei, OnePlus va Vivo smartfonlari uchun ekranosti barmoq izi skaneri ishlab chiqarayotgan kompaniya

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!